Reja: Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 67,08 Kb.
səhifə9/11
tarix28.11.2023
ölçüsü67,08 Kb.
#167015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqs-fayllar.org

Yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash. Sog‘lom g‘oyalar tarbiyasi yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi.
Dunyoqarash:tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bili tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni jamiyatda o‘zligini saqlagan holda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o‘z yaqinlariga mehribonlikni tanlagan yo‘li- kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur
aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.
Bunda quyidagilar muhim rol oynaydi: 
Muloqot madaniyati insonga xos ma’naviy ehtiyoj bo‘lib, undagi umumiy madaniy saviyaning muhim ko‘rsatgichidir. Inson o‘zining his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari,o‘y-fikrlarini bevosita muloqot jarayonida namoyon qiladi.Mafkuraviy tarbi-yaning eng ta’sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisoblanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekiston xalqining tub manfaatlari,ezgu ni-yatlari, buyuk maqsadlarini ifoda etib, xalqning o‘z maqsad-muddaolariga erishish uchun ma’naviy,ruhiy quvvat bo‘ladigan poyde-vordir. Bu jarayon jamiyat a’zolarining tub manfaatlarini ko‘zda tutadi,
binobarin, har bir fuqaroni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash shu yurtning farzandlari uchun muqaddas burchdir.
Tarbiya Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama ostirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiyaning mazmuni va maqsadi
Tarbiya mazmunida oldinga qoyilgan maqsad va vazifalarga muvofiq oquvchilar tomonidan ozlashtirilishi lozim bolgan bilim, konikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bolib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi: Tarbiya tamoyillari.



Yüklə 67,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin