Reja: Tarixiy sharoit va urushning sabablari


Tarixiy sharoit va urushning sabablari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/6
tarix18.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#52792
1   2   3   4   5   6
4.Qrim urushi. Urushning boshlanishi borishi yakuni.

Tarixiy sharoit va urushning sabablari

Kavkazda hukmronlik uchun Rossiya va Turkiya hamda uning  ittifoqchilari o‘rtasida 1853–1856-yillarda kechgan kurash tarixga “Qrim urushi” yoki “Sharqiy urush” nomi bilan kirdi. 1854-yilning fevralida Turkiya Rossiyaga qarshi kurashda ittifoq tuzdi. Uning tarkibiga Buyuk Britaniya, Fransiya va 1855-yildan Sardiniya qirolligi kirgan. Harbiy harakatlar Kavkazda, Dunay knyazliklarida, Boltiqbo‘yi, Qora, Azov, Oq va Barens dengizlarida, shuningdek, Kamchatka va Kuril orollarida bo‘lib o‘tdi, asosiy e’tibor Qrimga yo‘naltirilgani sababli ham urush “Qrim urushi” nomini oldi.

XIX asrning o‘rtalariga kelib Usmonli saltanati tanazzulga yuz tutdi va faqat Rossiya, Angliya, Fransiya va Avstriyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy yordamigina sultonga ikki marta Misrning isyonkor vassali Muhammad Ali tomonidan Konstantinopolning qo‘lga olinishining oldini olish imkonini berdi.  Bundan tashqari, pravoslav xalqlarining usmonlilar hukmronligidan ozod bo‘lish uchun kurashlari davom etardi (Vostochniy vopros. Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona: v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890-1907).

Ushbu omillarning barchasi Rossiya imperatori Nikolay I da 1850-yillarning boshlarida asli pravoslav xalqlari yashagan Usmonli saltanatining Bolqon mulklarini egallab olish fikri paydo bo‘lishiga olib keldi.  Buyuk Britaniya Rossiyani Qora dengiz sohillaridan, Kavkaz va Shimoliy Amerikadan quvib chiqarishga harakat qildi. Fransiya imperatori Napoleon III inglizlarning Rossiyani kuchsizlantirish rejasiga qo‘shilmagan bo‘lsa-da, 1812-yilgi qasos va shaxsiy hokimiyatni mustahkamlash vositasi sifatida Rossiya bilan urushni qo‘llab-quvvatladi.






Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin