Kim nimaga erishishni istagan?
Xo‘sh, urushdan tomonlarning asosiy maqsadi nima edi? Rossiya janubiy chegaralarni xavfsizlantirishga, Bolqonda uning ta’sirini ta’minlashga va Bosfor, Dardanell va Qora dengiz bo‘g‘ozlari ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qildi, bu ham harbiy, ham iqtisodiy nuqtayi nazardan muhim edi. O‘zini buyuk pravoslav monarxi deb bilgan Nikolay I Usmonli turklar hukmronligi ostidagi pravoslav xalqlarini ozod qilishni davom ettirishga intildi. Buyuk Britaniyani urushga kirishga undagan asosiy omil Rossiyani Nikolay I tomonidan olib borilgan proteksionistik siyosatdan voz kechishga va Britaniya tovarlarini olib kirish uchun qulay bo‘lgan rejimni joriy qilishga majburlash edi, deya aytish mumkin. Fransiyani urushga tortgan narsa esa “Ozod Polsha” g‘oyasi bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |