Reja: Tarjima fan sifatida


Avtomatik tarjima yo‘nalishi tarixi. Tarjimon dasturlar



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə3/5
tarix06.10.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#152634
1   2   3   4   5
9-mavzu Tarjima amaliy lingvistikaning tarmog\'i sifatida

3. Avtomatik tarjima yo‘nalishi tarixi. Tarjimon dasturlar.
Inson nutqini qabul qiluvchi va tushunuvchi sun’iy tizim inson va kompyuter muloqotiga zamin yaratdi. Axborot uslubi, kompyuter modellari, turli simvollar, kodlash va dekodlash kommunikatsiya vositalariga aylandi.
Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi bo’lib, u hozirda turli aspektlarda jadal rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasining quyidagi yo‘nalishlari qayd etilgan:
1) avtomatik tarjima - berilgan matnni bir tildan boshqa tilga qisqa vaqt ichida tezkor tarjima qilish tizimi;
2) matn tahriri - kompyuter yordamida muayyan matnni tahrir qilish, xatolarini aniqlash va tuzatish;
3) CALL (Computer Assisted Language Learning) - til o‘qitishni avtomatlashtirish - xorijiy tillarni kompyuter yordamida o‘qilish tizimini ta’minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash mexanizmlari;
4) kompyuter leksikografiyasi (elektron lug‘atlar tuzish) - muayyan til leksikonidagi so‘zlarning ma’lumotlar bazasi va maxsus dasturlash tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo’lgan dasturlar (kompyuter lug‘atlari) yaratish bilan shug‘ullanuvchi soha;
5) sun’iy intellekt tizimini yaratish;
6) NLP -tabiiy tilni qayta ishlash;
7) gipertekst texnologiyasi;
8) online o‘qitish tizimi (virtual sinf va laboratoriyalarda) – kompyuter lingvodidaktikasi;
9) informatsion qidiruv tizimi.
Informatsiyaning geometrik progressiya asosida keskin ko‘payishi ularning boshqa tillarga tezkor tarjima qilinishini ta’minlovchi tizimlarga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Bunga javoban mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima yo‘nalishida amaliy tadqiqotlar yaratila boshladi. Mashina tarjimasiga oid izlanishlar kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishida asosiy manba hisoblanadi.
D. O‘rinboyev kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarini quyidagicha guruhlagan:
“Kompyuter lingvistikasi fani yangi soha bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar, qisqa vaqt ichida, turli yo‘nalishlari vujudga keldi. Tabiiy tillar negizida mashina tili yaratish, foydalanuvchining talab va ehtiyojlari kengayishi ushbu yo‘nalishlarni ko‘paytirdi. Kompyuter lingvistikasi fanining yo’nalishlari shartli ravishda quyidagicha guruhlanadi:
1. Qoliplash va dasturlash ishlariga qaratilgan yo‘nalishlar:
• muloqotni kompyuter yordamida qoliplash;
• syujet strukturasini kompyuter yordamida qoliplash;
• matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida tasavvur etish;
• axborot - izlanish sistemasi.
2. Til o‘rgatishga qaratilgan yo‘nalishlar:
• til o‘rgatish jarayonlarini kompyuterlashtirish;
• mashina tarjimasi.
3. Matnni tahlil etishga qaratilgan yo’nalishlar:
avtomatik tahrirlash;
• statistik tadqiqotlar;
• kompyuter leksikogarfiyasi.
Kompyuter lingvistikasining ushbu yo‘nalishlarini amaliy va nazariy ahamiyati jihatidan quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Amaliy yo‘nalishlar:
* Mashina tarjimasi.
* Avtomatik tahrir.
* Til o‘rgatish tizimini kompyuterlashtirish.
* Statistik tadqiqotlar.
* Kompyuter leksikografiyasi.
2. Nazariy yo‘nalishlar:
* Tabiiy tilni qayta ishlash.
* Syujet strukturasini modellashtirish.
* Muloqotni kompyuter yordamida qoliplash.
* Matnni gipertekst texnologiyalarida berish.
Kompyuter lingvistikasi quyidagi yo’nalishlarni ham o‘z ichiga oladi:
a) Tabiiy tillarni qayta ishlash (inglizcha. natural language processing; matnning semantik, morfologik, sintaktik tahlili). Bunga quyidagilar kiradi:
1. Lingvistik korpus, ya’ni matnning elektron korpusini yaratish va foydalanish.
2. Elektron, tezaurus lug‘atlar, ontologiyalar yaratish. Masalan, Lingvo lug‘atlardan avtomatik tarjima va orfografik tekshirish uchun foydalaniladi.
3. Matnning avtomatik tarjimasi. Rus tarjimon dasturlari orasida eng mashhuri “Promt” hisoblanadi.
4. Matndan statistikani avtomatik ravishda ajratish (inglizcha, fact extraction, text mining).
5. Matnni avtomatik jamlash (inglizcha, automatic text summarization). Bu vazifa Microsoft Wordga kiritilgan.
6. Bilimlarni boshqarish tizimini barpo qilish.
7. Savol-javob tizimlarini yaratish (inglizcha, question answering systems).
b) Belgilarni optik aniqlash.
c) Nutqni avtomatik aniqlash.
d) Nutqning avtomatik sintezi.
Shuningdek, kompyuter lingvistikasi markazida quyidagi masalalar turadi:

  • axborot yetkazish uchun umumiy til yaratish;

  • axborot yetkazish uchun tillarni takomillashtirish;

  • inson va mashina aloqasi uchun tabiiy til interfeysini yaratish (sun’iy intellektning asosiy masalalaridan biri);

  • axborot tizimini yaratish va modellashtirish”.


Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin