Konsaltingfirmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shugʻullanadi, xoʻjalik yuritishning yangi shakllariga oʻtish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga oʻxshash faoliyat turlariga koʻmaklashadi.
Venchurfirmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi boʻlib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shugʻullanadi.