Lizingfirmalar - bunda salohiyati qudratli xoʻjalik tizimi etarlicha moliyaviy vositalari boʻlmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan soʻng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish huquqiga ega boʻladi.
Injiniring firmalari- ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish bilan shugʻullanadi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat koʻrsatadi, chet eldagi ilmiy gʻoyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi.