2-TOPSHIRIQ: TEZKOR SO’ROV
Quyidagi ta’riflar qaysi metodga tegishliligini aniqlang.
1. O’zaro qarindosh va qarindosh bo’lmagan tillar, struktor jihatdan qiyosiy o’rganilib, ular tuzilishiga xos xususiyatlar umumiy va farqli tomonlar aniqlanadi.
2. Tarixiy metod bo’lib, tarixan tashkil topganligi bilan, qo’llanilishiga ko’ra uzoq o’tmish bilan bog’lanishiga ko’ra o’ziga xosdir.
3. Ushbu metod asosida tillar, til faktlari, hodisalari ilmiylik prinsipi nuqtayi nazaridan o’rganiladi, tavsif qilinadi.
1
|
Tipologik metod
|
2
|
Tarixiy-qiyosiy metod
|
3
|
Tavsifiy metod
|
TUSHUNCHALAR TAHLILI METODI
Atamaning o’zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning izohi
|
qiyosiy-tarixiy metod
|
comparative-historical method
|
сравнительно-исторический метод
|
tillar va ularning tarixini qiyoslab o‘rganish
|
substansiya
|
substation
|
субстанция
|
biror tovushni boshqa tovush bosishi
|
distributsiya
|
distribution
|
дистрибуция
|
tildagi unsurlarning gap tarkibida joylashish o‘rni, bir elementning boshqa element bilan birikish qobiliyati
|
bevosita tahlil metodi
|
the method of direct analysis
|
метод анализа по непосредствен-
ным составляющим
|
nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganish.
|
transformatsion tahlil
|
transformational analysis
|
метод трансформацион-ного анализа
|
konstruksiyalarning muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi, ya’ni transformatsiyalanishi
|
avtomatik tahlil metodi
|
automatic analysis method
|
метод автоматического анализа
|
EHM, kompyuterlar yordamida tilni lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmunini boshqa tilga ko‘chirish
|
| |
statistik tahlil metodi
|
statistics analysis method
|
метод статистического анализа
|
lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qilish
| |
TOPSHIRIQ 4. To’g’ri/Noto’g’ri (True/False)
1. Metodologiya bu – tadqiqotchining ilmiy dunyoqarashi, uning tadqiq manbaini qanday tushunishi, unga qaysi metod bilan yondashishi, u haqda nazariy yoki amaliy bilimlar hosil qilishidir.
2. Metodning ilmiy, falsafiy ko’rinishlari mavjud.
3. Diaxron tadqiq metodlariga: tasviriy, qiyosiy-tarixiy, chog’ishtirish, tarixiy-qiyosiy, tipologik metodlari kiradi.
4. Qiyosiy-tarixiy metodning maqsadi tillarni umumlashtirishdan iborat.
5. Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilari F. Bopp, R. Rask, Ya. Grimm, A. Vostokov hisoblanadi.
6. Distributiv tahlil metodining maqsadi lisoniy birliklarning nutqda joylashgan o’rnini, muayyan tartibda kelishini, o’zaro bog’lanishini o’rganishdan iborat.
7. Distributsiya – lisoniy birliklarni fonetik tahlil qilish jarayonidir.
8. Metodika – tadqiqotchining tadqiqot obyektini tekshirish usuli, individual ish olib boorish usuli, faktlarni yig’ish, tahlil qilib, umumlashtirish jarayonidir.
9. Chog’ishtirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarni – til hodisalarini o’zaro qiyoslash usulidir.
10. Sinxron tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi. Tasviriy metod, qiyosiy-tarixiy metod, chog’ishtirish metodi, tipologik metod.
Dostları ilə paylaş: |