Reja: Tilning asosiy funksiyalari Nutq vujudga kelishining nazariyalari Nutq turlarining psixologik tavsifi



Yüklə 238,67 Kb.
tarix13.08.2023
ölçüsü238,67 Kb.
#139292
13-mavzu


Reja:
1.Tilning asosiy funksiyalari
2.Nutq vujudga kelishining nazariyalari
3.Nutq turlarining psixologik tavsifi
.
.
MAVZU:

Mavzu: Tahliliy, faktik, baaholovchi turdagi kasbiy nutq.


Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in‘ikos ettiriladigan bo’ladi. Tilning paydo bo’lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to’plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tug‗iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o’zi hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi
Xuddi shu boisda til odamga ko’pchilik hissiy va intellektual ta‘sirlar hamda taassurotlar to’g‗risida o’ziga o’zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tmish, hozirgi zamon va kelajakka rid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma‘lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati ko’nikma hamda malakalarni o’tkazishi, uzatishi mumkin.
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bog‗liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so’z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog‗liq bo’lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko’cha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon.
―belgi‖) belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun
regulyator sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya‘ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo’lishidan qat‘i nazar ularning eng muhimi – bu so’zdir. Har bir so’z ma‘lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi (masalan: mashg‗ulot, daftar, yomg‗ir va boshqalar).
Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va murabbiylar);
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti- harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: ―Leksiya bo’lmaydi‖, ―Bugun bayram‖ – ta‘sir qilishdan, ta‘sir o’tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
2. Nutq vujudga kelishining nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to’plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko’ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo’luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.
Odatda o’pka va nafas olish tana a‘zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta‘minlab turadi.
Nutq turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‗ishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalari mavjud bo’lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar
birligi, uning evolyusion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o’xshashlik yo’q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyasion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, fleksiya) to’g‗risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo’lishi, o’sishi, o’ziga xos tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi bo’yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir.
Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o’rganilishi ham o’ziga xoslik, uning qirralari, hakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi, mavjud bo’lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o’zaro tafovutlanadi. YOndashuvlar tahliliga to’xtalishdan oldin, nutqning psixologik tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga xizmat qiladi.
Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan‘anaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson – texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan bo’ladi (odatda og‗zaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va noverbal.
E’tiboringiz
Uchun
rahmat
Yüklə 238,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin