Tabiatda umuman hech narsa o’tkazmaydigan jismlar
yo’q. Shuningdek tog` jinslaridan ba'zilari juda yaxshi
o’tkazuvchan (qum, qumtosh), ba'zilari juda ham kam
o’tkazuvchan (loy, slanets va b.) bo’ladi.
Tajribalarning ko’rsatishicha, tog` jinslarining
o’tkazuvchanligi gaz, suv va neft uchun har xil bo’lar ekan.
Haqiqatan ham, neft va gaz konlarini ishlatishda bu narsa
tasdiqlandi.
Mutlaq o’tkazuvchanlik deb, tog` jinsidan faqat
qandaydir bir faza (masalan, gaz)
harakatlanayotganligidagi o’tkazuvchanlikka aytiladi.
Odatda mutlaq o’tkazuvchanlik tog` jinsidan havo yoki
gaz o’tkazib aniqlanadi. Suyuqlik o’tkazilganda esa
o’tkazuvchanlikka ana shu suyuqlikning fizik – kimyoviy
xossalari ham ta'sir etadi.
Fazaviy o’tkazuvchanlik deb, tog` jinslarining
ichida ko’p fazali harakat davomida faqat bir faza
(masalan, neft) uchun aniqlangan
o’tkazuvchanlikka aytiladi. Fazaviy
o’tkazuvchanlikka tog` jinsining u yoki bu faza
bilan qanchalik to’yinganligi, bu fazalarning fizik
– kimyoviy xossalari katta ta'sir ko’rsatadi.