Reja: Tog` jinslarining g’ovaklilik xossalari Yoriq kollektorlarning yoriqlik intensivligi, ochiqligi va g’ovakligi. Tog’ jinslarining o’tkazuvchanligi Qatlamlardagi fazalar harakati. Tayanch so`zlar



Yüklə 31,85 Kb.
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü31,85 Kb.
#201460
1   2   3   4   5   6   7
2 – ma\'ruza mavzu Tog` jinslarining g’ovakligi, yoriqligi va ko-fayllar.org

2.4. Qatlamdagi fazalar harakati

Neft va gaz konlarida qatlamlar faqat neft yoki gazning o’zi bilan emas,
balki suv bilan to’yingan bo’ladi, ya'ni bir vaqtning o’zida neft, gaz va suv
birgalikda harakatlanishi mumkin. Bunday uch faza harakatlanayotganida
tog’ jinsining absolyut o’tkazuvchanligi qandaydir bir faza uchun shu
absolyut o’tkazuvchanlikdan kichik bo’ladi.

Ilmiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, fazaviy va nisbiy o’tkazuvchanliklar
asosan tog’ jinsi u yoki bu faza bilan qanchalik to’yinganligiga bog`liq
ekan.

Qatlamlarda bir vaqtning o’zida ikki fazali - "neft+Qsuv", "neftQ+gaz",
"gaz+Qsuv" harakati hamda uch fazali "neftQ+gazQ+suv" harakati
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda har bir faza uchun o’tkazuvchanlik
miqdori juda muhim ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Har bir faza uchun
aniqlangan o’tkazuvchanlik suyuqlik va gazlarning sirqish qonunlarini
o’rganishda keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, bu ko’rsatkichlarga
asoslanib quduqlarning mahsuldorligi, qatlamlardagi o’zgarishlar va h.k.
aniqlanadi.

Fazaviy va nisbiy o’tkazuvchanlikning har xil muhitlarda o’zgarishini
ko’rib chiqaylik.




Ikki fazali harakat



a) Neft va suv aralashmasining qatlamdagi harakati .

Ma'lumki, o’tkazuvchanlik qatlamning u yoki bu faza
bilan qanchalik to’yinganligiga bog`liq.










1 - rasmda laboratoriya sharoitida o’tkazilgan tajribalar


natijasida neft va suv uchun nisbiy o’tkazuvchanlik
(suv bilan to’yinganlik hisobga olingan holda) grafik
usulida ko’rsatilgan.







Rasmdan ko’rinib turibdiki, agar tog’ jinsi (masalan,


qumtosh) 20% suv bilan to’yingan bo’lsa, demak qolgan
80% neft bo’lishi mumkin, u holda suv uchun qumtoshning
nisbiy o’tkazuvchanligi nolga teng, ya'ni suv harakati
bo’lmaydi.

Neft uchun esa nisbiy o’tkazuvchanlik 0,60-0,65 ga teng
bo’ladi. Bunga asosiy sabab, tog’ jinsi suv bilan kam
to’yinganida (20% gacha) juda mayda va boshi berk
kanalchalarda, suv turib qoladi. Tog’ jinslarining eng mayda
zarrachalari atrofini suv yupqa sirt bilan o’rab oladi va
kapillyarlik kuchlar ta'sirida harakatsiz bo’lib qoladi.




Ammo, tog’ jinsining suv bilan to’yinganligi sal ortishi


bilan neft uchun nisbiy o’tkazuvchanlik keskin pasayadi.

Masalan, suv bilan to’yinganlik 40% ni tashkil qilganida
(1-rasmga qaralsin) suv uchun nisbiy o’tkazuvchanlik
0,1 ni neft uchun esa 0,3 ni tashkil qiladi. Suv bilan
to’yinganlik oshib borgan sari neft uchun nisbiy
o’tkazuvchanlik tubdan kamayib boradi. Tog’ jinslarida
suv bilan to’yinganlik 70% va undan oshgandan keyin
neft uchun nisbiy o’tkazuvchanlik deyarli nolga
yaqinlashib qoladi.




Bu keltirilgan misollardan quyidagi xulosa kelib chiqadi.



Konlarda suv bilan to’yinganlik ortishi neftning quduqlarga yetib
kelishiga keskin to’sqinlik qilib, amalda neft harakatining to’xtashiga
olib keladi. Shuning uchun ham neft quduqlarini muddatidan oldin
suv bosishining oldini olish kerak bo’ladi. Buning uchun avvalo
quduqlarni burgulash vaqtida neft va gazli qatlamlarga burgulash
suyuqligi kirib borishining oldini olish kerak, quduqlar mahsulotida
suv paydo bo’lgandan keyin uning miqdori oshib ketmasdan oldin
suv kelishini kamaytirish choralarini ko’rish lozim. Hozirgi paytda
suv yo’llarini to’sish uchun har xil kimyoviy moddalardan
qo’llaniladi, suv bosgan qatlamlarni neft qatlamlaridan ajratish
uchun quduqlarda sementli tusiqlar o’rnatiladi. Xuddi shu
maqsadlarda qatlamlarni bir-biridan ajratuvchi maxsus moslama
pakerlardan ham foydalanish mumkin.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, suyuqliklarning sirt taranglik kuchi
kamaygan sari nisbiy o’tkazuvchanlik ortar ekan. Sirt taranglikni esa
SAM (sirt aktiv moddalar) ta'sirida kamaytirish mumkin.




b) Suyuqlik va gazlar harakati



Tog’ jinslarida suyuqlik va gaz harakat qilayotganda ham
ular uchun nisbiy o’tkazuvchanlik tog’ jinsining suv bilan
to’yinganligiga bogliq .

1 - b,v rasmda ko’rsatilganidek, tog’ jinslarining nisbiy
o’tkazuvchanligi xuddi neft va suv harakatidek, gaz va
suyuqlik harakatida ham suv bilan to’yinganlik ortib
borishi nisbiy o’tkazuvchanlikni gazlar uchun keskin kamayib
va aksincha, suv bilan to’yinganlik 20-25% ni tashkil qilganida
gazlar uchun nisbiy o’tkazuvchanlik juda katta miqdorni (0,8
0,9) tashkil qilar ekan, suv esa bu vaqtda amalda harakatsiz
bo’ladi. Lekin, suv bilan to’yinganlik 60% bo’lganda gazlar
uchun nisbiy o’tkazuvchanlik atigi 0,2 ni tashkil qilar ekan.
Qumtosh, ohaktosh va dolomitlar uchun ham yuqoridagi
qonuniyatlar aniqlangan.




Shuni ham aytish kerakki, gaz bilan to’yinganlik qum va


qumtoshlar uchun 10-15% ni va ohaktoshlar uchun 25-30% ni
tashkil qilganda gaz harakatsiz bo’ladi . Shu
bilan birga suyuqliklar uchun nisbiy o’tkazuvchanlik ham biroz
kamayadi.

Demak, kollektorlarda harakatlanayotgan neftdan erigan gaz
ajralib chiqsa, neftning harakati susayar ekan. Bunga sabab
ajralib chiqqan sof holdagi gaz eng mayda bo’shliqlar, juda tor
go’vak va kanalchalarni egallab olib, neft harakatiga to’sqinlik
qiladi.Shuning uchun ham neft konlari ishlayotganida iloji
boricha qatlamlar ichida gazning neftdan ajralib chiqishiga yo’l
qo’ymaslik kerak.

1 - rasmda keltirilgan suv bilan to’yinganlik bilan nisbiy
o’tkazuvchanlik juda ko’p muhim omillarga bogliq bo’lganligi
uchun amalda faqat shu konning qatlamlariga tegishli bog’liqliklar
to’zilishi kerak. Ana shundagina konni ishlatishda eng yaxshi natija
beradigan ish jarayonini ta'minlash mumkin bo’ladi.





Yüklə 31,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin