Tog` jinslari g`ovakliligini aniqlashning bir necha
usullari bor.
1. Tog` jinsi namunasini kukun holiga keltirish.
2. Namunani to’yintirish (Preobrajenskiy) usuli.
3. Namunani parafinlash (Mel'cher) usuli.
4. O’lchash asbobi (porozimetr) yordamida aniqlash.
Neft va gaz qatlamlari qanday tog` jinslaridan tashkil
topganligiga qarab g`ovaklik keng ko’lamda o’zgarishi
mumkin. Masalan:
qumtoshlarda 8 - 10 % dan 22 - 25 % gacha,
ohaktoshlarda 1 - 2 % dan 10 - 12 % gacha va h.k.
Tog` jinslarining g`ovakliligi
donadorlik,
zarrachalarning qanday joylashganligi bilan bir qatorda
qatlam bosimi va haroratiga ham bog`liq, qatlam
bosimining ortishi g`ovaklikni kamaytirib, haroratning
ortishi esa g`ovaklikni birmuncha oshishiga olib keladi.
2.2. Yoriq kollektorlarning yoriqlilik intensivligi,
ochiqliligi va g`ovakliligi
Yoriq kollektorlarni mukammal o’rganish natijasida
ularning foydali bo’shliqlarini harakterlovchi asosiy
omillar
- yoriqlilik intensivligi, ochilganlik va
g`ovaklilik ekanligi aniqlanadi. Bu
omillarning
miqdoriga qarab
yoriq kollektorlarni ishlatish, ularga
ta'sir ko’rsatish va quduqlar ostki qismini maxsus
moslamalar bilan jihozlash usullari tanlanadi. Shuning
uchun ham yoriq kollektorlar uchun bu omillar alohida
ahamiyatga egadir.
Yoriq kollektorlarning yoriqlilik intensivligi hajm (T)
va yuza (R) yoriqliklari bilan belgilanadi.
Kollektorlarning hajm yoriqliligi intensivligi, tog`
jinsining bir hajm birligiga to’g`ri keladigan yoriqlar
yuzasining yarmi bilan o’lchanadi:
Tog` jinslarining bosimlar ayirmasi mavjudligida o’zidan suyuqlik yoki
gaz o’tkazish qobiliyatiga
o’tkazuvchanlik deyiladi.
L
P
P
F
k
Q
)
(
2
1
Dostları ilə paylaş: