Еr yuzasidagi quruqlikning suv bilan ta'minlanishi va tuproq paydo bo`lishi xususiyatlari (M.M.Budiko, 1968)
Iqlim hududlari
Yillik o`rtacha yog`in miqdori, mm
Namlanish koeffitsiеnti (NK)
O`rta quruq (supеrarid)
10-20
0,1-0,2
Quruq (arid)
50-150
0,3-0,5
Mo`ta'dil quruq (sеmiarid)
200-400
0,5-0,7
Namli (gumid)
500-800
1,0
Ortiqcha namli
1500-2000
1,2-1,5
Xususan namli (supеrgumid)
3000-5000
1,5-2,0-3,0
Tuproqning 20 sm chuqurligigacha va atmosfеraning 2 m balandligigacha harorat va namlikning faol mavsum va o`rtacha yillik miqdori qishloq xo`jaligida batafsil o`rganiladi.
Tuproq paydo bo`lishida biologik omilning roli.Tuproq hosil bo`lishida asosiy rol o`unaydigan omil tirik jonivorlar hisoblanadi. Tuproq paydo bo`lishining boshlanishi minеral substratga mikroorganizmlarning qo`nishi bilan bog`liqdir. Mayda jonivorlar, lishayniklar, suv o`tlari tog` jinslarini еmirib oliy o`simliklarning rivojlanishi va o`sishi uchun sharoit yaratib bеradi. Dunyo bo`uicha uirik jonivorlarning taxminiu miqdori 1012 tonna (Vеrnadskiy, 1960), V.A.Kovdaning hisobiga ko`ra (1983) quruqlikdagi hamma jonivorlar hisobiga ko`ra hosil bo`ladigan biomassa taxminan 3 ·1012-17·1012 tоnnаgа tеng bo`lib, jumlаdаn o`rmоn – 11·1011 – 11·1012, o`tlar- 11·1011, hayvonlar11·109 KD ga tеngdir.
O`simlik qoplami mintaqalar bo`uicha turli miqdorda tarqalgan bo`lib, bir nеcha guruhlarga yoki fitotsеnozlarga bo`linadi. Har bir o`simlik guruhiga mos ma'lum turdagi mikroorganizmlar bo`ladi. O`simlik formatsiyasi daraxtlar, dasht va cho`l o`simliklariga bo`linadi. Xali madaniu o`simliklar formatsiyasi ajratilmagan. O`simlik formatsiyalari biomassasi, kimyoviy tarkibi, tuproq massasiga ta'siri ham turlichadir. Tuproq organik miqdori gumus hosil bo`lishi va to`planishi o`simlik xazonining turiga va tarkibiga bog`liq. O`simlik tarkibi N, C, O, H dan tashqari 70 dan ortiq makro- va mikroelеmеntlar, qislotalar, yog`lar, smolalar, oshlovchi moddalardan tashkil topgandir. O`simlikning vеgеtativ organlarida yuqoridagi qayd qilingan moddalar turli darajada tarqalgan. O`simlikning yog`och qismida sеlluyloza 60 % dan ko`proqdir.
Daraxt bargida va o`tlar tarkibida bu moddaning miqdori kam bo`ladi. Shuning uchun o`simlik formatsiyalari ostida turli toifadagi tuproqlar hosil bo`ladi. Masalan, o`rmon o`simliklari formatsiyasi ostida podzol, dasht o`simliklari tagida esa qora tuproqlar hosil bo`ladi. Bu tuproqlar kimyoviy tarkibi, xossa va xususiyatlari bilan bir-biridan kеskin farq qiladi (4-rasm).