Reja: Turizm menejmentida boshqarish usullarining mohiyati Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar



Yüklə 44,32 Kb.
səhifə6/9
tarix02.01.2022
ölçüsü44,32 Kb.
#44740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Turizm menejmentida boshqarish usullarining mohiyati Lider (1)

11.1-jadval

Menejerning liderdan farqli jihatlari

Menejer

Lider

Mamuriy xodim


Innavator

Buyuradi

Undaydi

Boshqaruv maqsadlariga asosan ishlaydi

O’z maqsadlari asosida ishlaydi

Harakatlari rejaga asoslanadi

Harakatlar asosi istiqbolni ko’ra olish

Tizimga tayanadi (qoidalar va ko’rsatmalar)

Insonlarga tayanadi

Xulosalarni qo’llaydi

Inson his-tuyg’ularidan foydalanadi

Nazorat qiladi

Ishonch bildiradi

Harakatlarni quvvatlaydi

Harakatlarga turtki beradi

Professional

Tashabbuskor

Qaror qabul qiladi

Qarorni amalga oshirishni taminlaydi

Ishni to’g’ri bajaradi

To’g’ri ishlarni bajaradi

Xurmatga sazovor

Hamma uchun yoqimli (e’zozli)

Shu sababli liderni boshqa guruhga o’tkazish yoki liderni yuqoridan rahbar sifatda tayinlash yetarli samara bermaydi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, lider jamoaga juda kuchli darajada bog’lanadi. Lider guruhga mos kelishi, ikkinchi tomonidan guruh qiziqishlarini ifodalay olishi zarur. Mazkur shart bajarilgandagina, jamoa lider orqasidan ergashadi. Boshqalar tomonidan sifatlari tan olingan, ulardan ustun hususiyatlarga ega va ishnochni yoqlay oladigan shaxsgina liderlikka mos kelishi mumkin.

Liderlik nazariyalarining asosiy mazmuni. Tashkilot rivojlanishida rahbarning liderlik salohiyati muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv sohasida liderlik muammosi hamma vaqt dolzarb bo’lib kelgan. Nima uchun inson lider yetishadi? Bu masala qadimdanoq muhim izlanishlarga sabab bo’lgan. Falsafa, siyosashunoslik, pis’hologiya, menedjment kabi fanlarda liderlik tadqiqot obyekti sifatida qatnashadi. Olib borilan ilmiy tadqiqotlar natijasida liderlikni belgilashning turli nuqtai-nazarlarga asoslangan bir qator yondashuv va nazariyalari ishlab chiqilgan bo’lib, ularni o’rganish asosida liderlikning mazmun-mohiyatini to’laroq tushunish mumkin.

Dastlabki qarashlar liderning asosiy belgilarni aniqlashga qaratilgan bo’lib, umumiy holda shaxsiy sifatlarga asoslangan yondashuvni ifodalaydi. Rahbarlik, liderlikni tadqiqot obyekti sifatida o’rganish XX asrning boshlariga, boshqaruv bo’yicha bilimlarning ilmiy shakllanish davriga to’g’ri keladi. Biroq, 1930-1950 yillardagina liderlik keng miqiyosda va tizimli ravishda o’rganildi. Bu ilk tadqiqotlar samarali rahbarning shaxsiy sifatlari yoki hususiyatlarini aniqlashni maqsad qilib qo’ygan edi. Shaxsiy sifatlar nazariyasi yoki buyuk insonlar nazariyasiga asosan, yuqori salohiyatga ega eng yaxshi rahbarlar uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar to’plami mavjud hisoblanadi. Bu g’oyani rivojlantirigan holda aytish mumkinki, agar bu hususiyatlar aniqlansa, har bir shaxs o’zida bu sifatlarni rivojlantirishi, tarbiyalashi va samarali lider bo’lib yetishishi mumkin. Bu xususiyatlarga tafakkur va bilim darajasi, jalb etuvchi tashqi ko’rinish, rostgo’ylik, tashabbuskorlik, ijtimoiy va iqtisodiy bilimlarga ega bo’lish hamda o’ziga yuqori darajada ishonish kabilarni kiritish mumkin.

1940 yillarda olimlar yuzlab tadqiqotlar natijalarini umumlashtirsalarda, yuqori salohiyatga ega lider ega bo’lishi zarur bo’lgan hususiyatlar to’plami haqida yagona yechimga kelmagan. 1948 yilda Stogdill tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar liderlik sohasidagi izlanishlarni kompleks tahlil qilishga qaratilgan bo’lib, unda o’tkazilgan tadqiqotlar natijalarining bir - biriga zid kelishi kuzatiladi. U lider, odatda tafakkuri, bilim olishga intilishi, mas’uliyatliligi, faolligi, ijtimoiy - iqtisodiy mavqyei bilan ajralib turishini ainqlagan. Shu bilan birga turli vaziyatlarda samarali rahbarlar turli xil shaxsiy sifatlarini namoyon qilish kuzatilgan.

Shunga ko’ra Stogdill “Inson ma’lum shaxsiy hususiyatlar to’plamiga ega bo’lganligi uchungina rahbar darajasiga ko’tarilmaydi” degan xulosaga kelgan.

Turli sharoitlarda liderlik darajasiga erishish uchun o’ziga xos bo’lgan turlicha qobiliyat va sifatlarga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega.

Hulq-atvorga asoslangan yondashuv rahbarlik uslublari yoki xulq-atvor uslublarini tasniflashga asos yaratdi. Bu liderlikning murakkab jihatlarini tushuntirib berishga katta hissa qo’yishdi. Shaxsiy sifatlarga asoslangan nazariyadan farqli ravishda bu yondashuvda liderlikni o’rganish uchun asosiy e’tibor rahbar xulq-atvoriga qartildi. Xulq- atvorga asoslangan yondashuvga ko’ra rahbarning samaradorligi uning shaxsiy xususiyatlari bilan emas, balki o’z xodimlariga nisbatan munosabati, xatti- harakatlari bilan aniqlanadi. Xulq – atvorga asoslangan yondashuvga ko’ra asosiy e’tibor rahbarning amaldagi xatti-harakatlariga qaratilgan bo’lsadi, bu yondashuvning asosiy kamchiligi shunda ediki, unga asosan liderlikning yagona, optimal uslubiy mavjud degan g’oya ilgari surilgan. Bu yondashuvni qo’llagan holda olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra bir guruh belgilab beruvchi yagona uslub mavjud emasligini ta’kidladi.

Vaziyatli yondashuv. Shaxsiy sifatga asoslangan yondashuv ham, xulq-atvorga asoslangan yondashuv ham shaxsiy sifatlar yoki liderlik xulq-atvorlari hamda samaradorlik o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni aniqlashga imkon bermadi. Biroq bu holat lider salohiyatini belgilashda shaxsiy sifatlar va xulq-atvorning ahamiyatini pasaytirmaydi. Oxirgi yillarda o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, lider salohiyatini belgilashda qo’shimcha omillarni ham e’tiborga olish muhimdir. Bu vaziyat omillariga liderning qo’l ostidagi xodimlarning ehtiyojlari va shaxsiy sifatlari, topshiriqlarning hususiyatlari, tashqi muhit talabi va ta’siri, shuningdek liderning axborot bilan ta’minlanganlik darajasi kiradi.

Shu sababli zamonaviy liderlik nazariyalaridan vaziyatli yondashuvning ta’siri kuchaydi. Iqtisodchi omillar aniq vaziyatlar uchun qaysi xulq- atvor uslublari va shaxsiy sifatlar ko’proq mos kelishini aniqlashga harakat qilishmoqda. Ularning tadqiqotlari ko’rsatishcha, turli vaziyatlar mos tashikilot tuzilmalarni taqozo etgani kabi liderlik usullari ham aniq vaziyatdan kelib chiqqan holda tanlanishi lozim. Ya’ni rahbar lider turli vaziyatlarga moslashgan holda o’zini turlicha holatda tuta bilishi kerak.

Liderlikka jarayon va hususiyat sifatida qarash mavjud. Jarayon sifatida qaraganda liderlik norasmiy tasir etishga asoslanib, boshqarish va maqsadlarga yetish uchun guruh a’zolariga ta’sir o’tkazishning ifodalaydi.

Demak, liderlik keng ma’noda quyidagilarni anlatadi:

1.Maqsadlarni qo’yilishi va rivojlanish strategiyasini belgilashga tasir etish;

2.Maqsadlarga erishishda hatti-harakatlarning mos kelishiga tasir etish;

3.Guruh qo’llab-quvvatlashga ta’sir etish.

4.Tashkiliy maqsadlarga ta’sir ko’rsatish.

Hususiyat sifatida liderlik majburiy bo’lmagan ta’sirni ko’rsatuvchi shaxsning harakteri va sifatini aks ettiradi. Kuch ishlatish, majburlash, bosim o’tkazish va tashkilotdagi rasmiy o’ringa asoslangan liderlik norasmiy liderlik deyiladi. Rahbarlar bir vaqtning o’zida rasmiy lider bo’lib, ular norasmiy lider bo’lishlari ham bo’lmasligi ham mumkin.

Mikro liderlik – reaktiv, joriy masalalarga e’tiborini qaratuvchi, vaziyatdan kelib chiqib harakat qiladigan rahbarlar uchun hos.

Makro liderlik – kelajakka qaratilgan bo’lib, tashqi muhit, tashkilot ichida xodimlar o’rtasidagi munosabatlarning tashkiliy maqsadlarini yoritish orqali maqsadga erishadi.

Liderning samarali faoliyatini asoslovchi yondashuvlar:

1.Ta’sir etish va hukumronlik nuqtai nazardan yondashuv. Bunga ko’ra liderlikning samaradorligi hukmronlik vakolatlari va turiga bog’liq.Bunda lider hukmronlikning qaysi turini qo’llashi va mavqyei hamda shaxsiy hukmronligini to’g’ri taqsimlash kerak. Ishsizlik sharoitida rasmiy rahbarning hukmronlik doirasi sezilarli oshadi.

2. Hulq-atvorga asoslangan yondashuv. Bunga ko’ra liderlar amalda nimalar qilayotganligi o’rganiladi. Agar lider muvoffaqiyatlarga erishayotgan bo’lsa, uning hususiyatlari o’rganilib, liderlikning samarali modellari ishlab chiqiladi. Asosiy muammo rahbar asosiy e’tiborini vazifalar bajarilishiga qaratishi kerakmi yoki xodimlar o’rtasidagi munosabatlarga ekanligiga asoslanadi.

3. Hususiyatlarga asoslangan nazariya. Bunga ko’ra lider qanday hususiyatlarga ega bo’lishi kerakligi muhimdir. Boshqaruv samaradorligini belgilovchi hususiyatlarga o’ziga ishonch, tashabbuskorlik, ruhiy barqarorlik, nazoratga e’tiborni kiritish mumkin. Bu yondashuvning kamchiligi zarur hususiyatlarning qanday nisbatda bo’lishini belgilab bera olmaydi.

4. Vaziyatli yondashuv ikki yo’nalishga ega:

A) bunga ko’ra liderlik hulqiga vaziyat ta’sir etadi;

B) rahbarning vaziyatni tushunishi, unda vaziyatga ta’sir etish, vaziyatni o’zgartirish imkoniyatlari mavjudligi.

5.Transformasion va xarizmatik liderlik. Transformasion liderlikda rahbar har bir xodimga vaziyatdan kelib chiqib yondashadi, xodimlarning boshqaruvda ishtiroki ta’minlanadi. Xarizmatik liderlikda liderning salohiyati rahbarning harizmasi, ya’ni insonlarni jalb eta olish qobiliyati bilan belgilanadi.

Menejer kasbi hozirgi paytda ommaviy bo’lib bormoqda va barcha menejerlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirish kun tartibidagi asosiy masala bo’lib qolmoqda. Liderlik nazariyasining zamonaviy natijalari barcha holatlar uchun samarali bo’lgan universal liderlik uslubi xomhayol ekanligini isbotlaydi. Liderlik vaziyatli yondashuvni taqozo etadi.

Umumiy holda zamonaviy menejmentda liderlik muommosini “turli omillar xaritasi ” ko’rinishida aks ettirish mumkin. Liderning o’z funksiyalarini bajarishida shaxsiy sifatlari asosiy omil hisoblanadi. Shu bilan birga aniq vaziyat va muhitning o’zgarish darajasi u yoki bu liderning muvaffaqiyatli faoliyatiga sezilarli tasir etadi. Lider harakatlari va erishgan natijalariga vaziyat bilan bog’liq omillar hamda ergashuvchilar faoliyat natijalari ham bog’liq hisoblanadi. Liderning samaradorligini belgilovchi omillardan yana biri lider faoliyat ko’rsatayotgan muhitdagi milliy madaniyat hisoblanadi. Liderlik sifatlariga asoslangan nazariya yaratilgandan buyon Agar liderning hukmronligi uning shaxsiy sifatlariga asoslansa, uning harakatlari ko’p jixatdan demokratik bo’lib munosabatlarga qaratilgan; bu holda lider ergashuvchilar harakatlariga katta erkinlik beradi. Kelishuvning qarama-qarshi tomonidagi liderlik avtoritar bo’lib, vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bunda ergashuvchilar erkin harakatlanishi toboro cheklanib boradi.

Amaliyotchilar o’rtasida R.Bayk va J.Leykert tamonidan taklif etilgan “Boshqaruv turi” nomli liderlikni tasvirlash tizimi keng qo’llaniladi. “Boshqaruv turi” ikki o’lchamli sxema bo’lib, uning gorizontal o’qi liderning topshiriqlarni bajarishga yo’naltirilganligini, vertikal o’q esa uning insonlar o’rtasidagi munosabatga yo’naltirilganligini ifodalaydi.

Shu bilan birga tashkilotdagi o’zgarishlar liderlik uslubining o’zgarishini taqozo etadi. Liderlik uslubini belgilashda vaziyatga asoslangan liderlik nazariyasi muxim axmiyatga ega. Liderlikni vaziyatga mos holda belgilash menejerning qanday hokimiyat va tasirga ega ekanligiga ko’p jihatdan bog’liq. Hokimiyat bilan bog’liq vakolatlarning yetishmasligi menejerning ish faomliyati samaradorligini keskin pasaytirib yuboradi, hokimiyatning ortiqcha vakolatlari vakolatni suistemol qilishga olib kelish mumkin.

Tadqiqotchilar qadimdan shaxsiy hokimiyat manbalariga qiziqish bilan qarab kelganlar. Amerikalik mutaxasislar J. Freng va B. Reyeven hokimiyatning bosh manbasini ajratib ko’rsatishga asoslangan tasniflashni taklif etdilar.


11.2 - jadval


Yüklə 44,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin