5. Polisaxaridlar. Kraxmal va sellyuloza tuzilishi va xossalari Polisaxaridlar. Polisaxaridlar tabiiy yuqori molekulyar moddalar bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgan, hamda inson va hayvonlar hayotida muhim vazifani bajaradi. Masalan, kraxmal asosiy oziqa modda, sellyuloza esa o’simlik organizmi uchun kerakli muhim moddadir. Polisaxaridlar yuzlab monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgandir. Polisaxridlarning gidrolizlanganda hosil bo’ladigan monosaxaridlarga qarab, ular ikkiga bo’linadi:
1) gomopolisaxaridlar; 2) geteropolisaxaridlar.
Polisaxaridlarning ko’pchiligi suvda erimaydi, ba'zilari issiq suvda bo’kib kolloid eritmalar hosil qiladi. Ularning molekulyar massasi 200001000000 oraligida.
Uglevodlar fotosintez jarayonida quyidagi chizma bo’yicha hosil bo’ladi:
CO2 + H2O →H–CHO; 6H–CHO →C6H12O6 nC6H12O6→(C6H12O6)n + nH2O
Kraxmal. U tabiiy polimer bo’lib (C6H10O5)n, asosiy zaxira oziq modda sifatida o’simliklar a'zolarida to’planadi. U kartoshka tuganaklarida 20 foizga yaqin, makkajo’xori donida 70% gacha, bug’doyda 75% gacha, guruchda 80% gacha bo’ladi.
Kraxmal suvda erimaydigan oq kukun modda bo’lib, uni suvga solib ivitilsa kolloid eritma - kleyster hosil bo’ladi. Kraxmal yod ta'sirida ko’k rangga bo’yaladi.
Kraxmal mineral kislotalar ishtirokida yoki diastaza va so’lakdagi fermentlar ta'sirida quyidagi chizma bo’yicha glyukozaga parchalanadi:
(C6H12O5)n→ (C6H12O5)m→ nC12H22O11→ nC6H12O6 kraxmal dekstrin maltoza glyukoza Kraxmal donachalari amilaza (20-30%) va amilopektin (7080%)lardan iborat. Yod ta'sirida amilaza qismi ko’k rangga, amilopektin qismi esa binafsha rangga bo’yaladi.
Sellyuloza (C6H10O5)n. U ham tabiiy yuqori molekulyar polisaxarid bo’lib, barcha o’simliklar tarkibiga kiradi. Eng toza tabiiy paxta tolasi tarkibida 92-95% gacha, yog’och tarkibida 40-60% gacha sellyuloza bo’ladi.
Sellyuloza molekulalari chiziqsimon tuzilgan bo’lib, α-glyukoza molekulasining qoldig’idan tashkil topgan. Sellyuloza molekulasida glyukoza qoldiqlarining soni o’rtacha 6000-12000 ta bo’ladi. Undagi glyukoza qoldig’ida uchtadan erkin gidroksil guruh bo’ladi.
Sellyuloza mazasiz, hidsiz tolasimon oq modda. Suvda, efirda va spirtda erimaydi. U Shveytser reaktivi [Cu(NH3)4(OH)2] da va ba'zi kons. kislotalarda eriydi.
Sellyuloza molekulasidagi uchta erkin gidroksil guruh hisobiga u nitrat, sirka va boshqa kislotalar bilan ta'sirlashib murakkab efirlar hosil qiladi. Masalan, nitrat kislota ta'sirida mono-, di-, va trinitrotsellyulozalar hosil qiladi:
[(C6H7O2)(OH)3]n+3nHONO2→[(C6H7O2)(ONO2)3]n + 3nH2O
Sirka kislota bilan ham mono-, di- va triatsetil sellyuloza hosil qiladi:
[(C6H7O2)(OH)2(OCOCH3)]n ; [(C6H7O2)(OH)(OCOCH3)2]n; monoatsetil sellyuloza diatsetil sellyuloza
[(C6H7O2)(OCOCH3)3]n triatsetil sellyuloza
Sellyulozaning yana bir hosilasi sellyuloza ksantogenati sun'iy viskoza ipagi olishda katta ahamiyatga ega. U quyidagi reaksiya bo’yicha olinadi:
[(C6H7O2)(OH)3]n + nNaOH →[(C6H7O2)(OH)2(ONa)]n + nH2O
[(C6H7O2)(OH)2(ONa)]n +nCS2→ [(C6H7O2)(OH)2(O-CS-SNa)]n
sellyuloza ksantogenati Bilasizmi?
Eramizning II asri boshida Pekinlik saroy amaldori Say Lun kanop, zig’ir tolalaridan qog’oz yasagan.
Yog’och chiqindisi poxol, don po’stloqlari, paxta chiqindisi, chala chirigan torf-bularning barchasi glyukoza, etanol va boshqalar kabi mahsulot manbalari hisoblanadi. Masalan, 1 tonna quruq torfdan 150 l gacha etanol olinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI
Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik)