Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə16/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
1,1

35-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
36-modda. Ekologiya sug‘urtasi
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar yetishi hollarini nazarda tutib korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sug‘urta qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya sug‘urtasining tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilab qo‘yiladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
37-modda. Tabiatni muhofaza qilish tizimidagi rag‘batlantirish
Tabiatdan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirida ularga soliq solishda imtiyozlar berish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun imtiyozli shartlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish;
asosiy ishlab chiqarish fondlari uchun yuqori amortizatsiya normalari belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
(37-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish orqali amalga oshiriladi.
(37-moddaning beshinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin