Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə23/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1,1

50-modda. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(50-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatdan maxsus ravishda foydalanishni oqilona amalga oshirmaganlik, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni, chiqindilarni joylashtirishni normativ va limitlarda belgilanganidan ko‘paytirib yuborganlik uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq oshirilgan soliq solinishi kerak.
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining qaroriga muvofiq aytib o‘tilgan qoidabuzarliklarning sabablariga barham berilgunga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatini pul bilan ta’minlash to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Ko‘rsatilgan chora tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzish oqibatida zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning javobgarligi
(51-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xo‘jaligiga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan chiqimdor bo‘lishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan moddiy javobgar bo‘ladilar.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonu
Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin