Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, tugatish va o‘zgartirish



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə22/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1,1

48-modda. Atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, tugatish va o‘zgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlarning inson salomatligiga yoki yashash sharoitiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir etgan yoki bunday ta’sir etish xavfi tug‘ilgan taqdirda ularning faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir etish sabablarini bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda esa tugatilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday obyektlarning faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki o‘zgartirish hamda ayni vaqtda ularni pul bilan ta’minlashni to‘xtatish xususidagi qarorlarni davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, o‘z vakolatlariga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari chiqaradilar. Ko‘rsatilgan choralar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
49-modda. Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati
(49-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foyda o‘rnini qonunchilikka muvofiq qoplashlari shart.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekologiya talablarini buzganlikda ayblanayotganlarning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi ularni atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin