Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Tabiatni chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə20/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1,1

45-modda. Tabiatni chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda ko‘mib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(45-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46-modda. Ekologik sertifikatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega bo‘lmagan, shuningdek ularda belgilangan talab ko‘rsatkichlaridan chetlangan holda xomashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ham o‘tkaziladi.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekologik sertifikatlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin