Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə14/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
1,1

31-modda. Ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik nazorat subyektlarining vakolatlarini ro‘yobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
VIII. TABIATNI MUHOFAZA QILIShNI TA’MINLAShNING IQTISODIY ChORA-TADBIRLARI
33-modda. Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti
Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti:
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun utilizatsiya yig‘imi (bundan buyon matnda utilizatsiya yig‘imi deb yuritiladi) undirishni;
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 16-fevraldan kuchga kiradi)
kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va o‘zga imtiyozlar berishni;
ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qo‘llanganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etishni;
atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtai nazaridan o‘zga zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olishni;
tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklashni;
tabiat obyektlarini buzish yoki yo‘q qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-tadbirlar bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikning normativ-texnik va boshqa talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar yoki boshqa xodimlarni asosiy ishlab chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar bo‘yicha beriladigan pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlardan to‘liq yoki qisman mahrum etishni;
(33-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun rag‘batlantiruvchi narxlar va ustama haqlar belgilashni;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, me’yorda belgilanganidan ortiqcha foydalanganlik uchun tabiatdan foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda tabiiy resurslardan tejab-tergab va oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy rag‘batlantirishni qo‘llanishni;
tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot ishlab chiqarishda hammadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning jamoalarini va ayrim xodimlarini, shuningdek ayrim shaxslarni moddiy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy rag‘batlantirishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy rag‘batlantirish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda qo‘llaniladi.
(33-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin