23-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etish Tabiiy resurslardan foydalanish talablarini muttasil buzadigan foydalanuvchi tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
VI. EKOLOGIYA EKSPERTIZASI Oldingi tahrirga qarang. 24-modda. Davlat ekologiya ekspertizasi Davlat ekologiya ekspertizasi xo‘jalik qarori qabul qilinishidan oldin o‘tkazilishi shart bo‘lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiridir.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologiya ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. 25-modda. Davlat ekologiya ekspertizasining obyektlari Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologiya ekspertizasi obyektlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi. Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasisiz loyihalarni ro‘yobga chiqarish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang. (26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda) 27-modda. Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga ko‘ra ularning mablag‘lari hisobidan yoki jamoatchilik asosida mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya tamoyiliga ega bo‘ladi.