Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Tuproqdan foydalanish shartlari



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə9/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
1,1

17-modda. Tuproqdan foydalanish shartlari
Tuproq deyilganida yer qobig‘ining tiriklik uchun foydalaniladigan va o‘simliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami tushuniladi.
Tuproqdan uning unumdorligini pasaytirmagan holda tabiiy va madaniy o‘simliklardan hosil olish uchun foydalaniladi.
Tuproqning inshoot ostida qoladigan gumusli qatlami boshqa joylarda hosildorlikni oshirish uchun olib ketilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari
Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishga quyidagi shartlar asosida yo‘l qo‘yiladi:
qazib olishda yer osti boyliklari va foydali qazilmalar hamda ularga qo‘shilib chiqadigan boshqa tabiiy resurslardan kompleks va tejamli foydalanish ta’minlansa, shuningdek atrof-muhit va yer qa’ri ifloslanishining oldi olinsa;
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida holati o‘zgargan yerlar rekultivatsiya qilinsa;
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishiga erishiladigan darajadagina foydalanilsa;
yer osti boyliklaridan va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etilsa;
foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari bo‘yicha, shuningdek mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud bo‘lsa yoki yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish nazarda tutilgan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim mavjud bo‘lsa;
(18-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
foydali qazilmalarning yuzasini olishda hosil bo‘ladigan va sig‘diradigan jinslar ag‘darmalari, saqlagichlar, terrikonlar ularning atrof-muhitga eng kam darajada zararli ta’sir ko‘rsatishi ta’minlangan holda joylashtirilsa.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin