Reja: Umumiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakolatlari



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə6/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1,1

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
er, yer osti boyliklarini, suv, o‘rmon, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;
(11-modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishda idoralararo hamkorlikni ta’minlashni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulk shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin