Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə5/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1,1

10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash;
tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga olish;
tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish;
(10-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirish;
tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatiga kiradi.
(10-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish sud tartibida amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin