Reja: Uyg’onish davrining shakllanishi Sharq uyg’onish davri kurtaklari



Yüklə 6,6 Mb.
səhifə1/5
tarix08.10.2023
ölçüsü6,6 Mb.
#153084
  1   2   3   4   5
Sharq Renessansi

  • Reja:
  • 1. Uyg’onish davrining shakllanishi
  • 2. Sharq uyg’onish davri kurtaklari
  • 3.
  • Ko‘pchilik olimlar Yevropa Uyg‘onish klassik tarzda davrlashtirib u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar, boshqalar Uyg‘onish madaniyatini bir muncha ilgariroq XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy Uyg‘onish) Uyg‘onishni XVII asr bilan yakunlaydilar.
  • 1950 yillarning o‘rtalaridan e’tiboran «Sharq» Uyg‘onish davri masalasida jiddiy munozara bahs ketdi. Xitoy madaniyati tarixi tahlilida akademik N. Konrad Uyg‘onish davrini qadimgi, o‘rta asrlar singari insoniyat sivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xos umumbashariy hodisa deb qaraydi. Umumjahoniy jarayon hisoblagan Uyg‘onish Sharqda (Xitoy) VI-VIII asrlarda boshlanib, g‘arb sari siljigan va XIV asrda Yevropa hodisasiga aylangan. Uyg‘onishning bunday talqiniga qarshi bu hodisa turli mamlakatlarda mintaqaviy, ayrim ko‘rinishlarda amal qilishi mumkin, lekin u umumjahoniy fenomen bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblovchilar ham bor. Uyg‘onish davri Xitoyda (Konrad), Kuriyada (Ten), Eron-Tojikistonda (Braginskiy, Nikitin), Hindistonda (Selishev), Turkiyada (Mellov), Armanistonda (Chaloyan), Ozorboyjonda (Gajiev), Gruziyada (Nusubidze, Natadze) kechkanligi haqida ayrim ma’lumotalar keltiriladi. Ayni choqda har ikki qarash tarafdorlarini Yevropa Uyg‘onish davrini mutlaqo betakror hodisa deb qarovchi mualliflar (A. Losev, M. Petrov) jiddiy tanqid qiladilar.
  • O‘zbekistonda Sharq Uyg‘onish davri masalasi mahalliy materiallarni umumlashtirgan holda yetarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi Uyg‘onish haqida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va qaror topgan islomiy eti’qodga nisbatan rivojlangan va boyigan qadimiy madaniyat negizida milliy Uyg‘onish deb qaralmog‘i lozim. Markaziy Osiy uzoq yillik tarixida ko‘p bosqin va talonchiliklarni ko‘rdi, ularga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurash olib bordi. haqiqat shundaki, har bir bosqindan so‘ng milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. Mustaqillikka intilish g‘oyasi va harakati o‘zga xalqlar tomonidan yaratilgan madaniyatlarni inkori emas. Markaziy Osiyo madaniyatida umuminsoniy ahamiyatga molik jamiki madaniyat yutuqlari ijodiy uyg‘unlashganidek, ayni paytda mintaqa madaniyati boshqa xalqlar madaniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatdi va ularni boyitdi.
  • IX-XII asrlar- arab
  • bosqinidan keyingi davr.
  • XIV-XV asrlar mo`g`ul
  • istilosidan keyingi davr.
  • XX asr boshi va hozirgi davr
  • kolonial bosqin va
  • Sovet davridan keyingi siyosiy,
  • milliy, madaniy Uyg`onish.
  • Arxeologik qazilmalar va qo`lyozma manba`lardan ma`lum bo`lishicha o`sha davrda musiqa va musiqashunoslik ham keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, kuylar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari tahliliga bag`ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al musiqi al Kabir»). o`rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag`ishlangan ushbu kitob 2 qism, 3 kitobdan iborat bo`lgan. Farobiy «Katta musiqa» dan tashqari «Musiqa haqida so`z», «Ritmlar tartibi haqida kitob», «Ritmga qo`shimcha qilinadigan siljishlar haqida» asarlarining ham muallifidir

Yüklə 6,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin