Sharqning buyuk siymolaridan biri - qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) bo'lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan, iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o'tkir bo'lganligidan o'z davrida ma'lum bo'lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib - hakim bo'lib tanildi va keyinchalik "Olimlar boshlig'i", "Tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi.
Ibn Sino asarlari
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib keigan. Uning, ayniqsa, "Tib qonunlari" asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 800 yil davomida G'arb mamlakatlari universitetlarida asosiy qo'llanma bo'lib keigan va hozir ham bir qancha tibbiy o'quv yurtlarida o'rganiladi. O’rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql-zakovat sohibi Beruniy fanlarning ijtimoiy fanlarning juda ko’p jiddiy muammolarini to’g’ri hal qilish shular asosida juda ko’p ilmiy asarlar yaratgan ulkan donishmanddir. U falsafa, ijtimoiyot, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
ABU ALI IBN SINONING TA`LIM VA TARBIYA HAQIDAGI FIKRLARI.
Ibn Sino pedagogika masalalariga ijobiy qaradi. Olimning bolani tarbiyalash va o’qitish sohasidagi ko’pchilik fikrlari chuqurligi, insonparvarligi va tarbiya masalalarining murakkabligi bilan hayratda qoldiradi. Ibn Sino o’z tarbiya sistemasiga o’rta asr “yetti ozod san’at” sistemasidan farq qiladigan: odob, astronomiya, tibbiyot, mantiq, falsafa, tabiatshunoslik, til va uning grammatikasi, musulmon qonunshunosligi fanlarini kiritadi.
Ibn Sino tavsiya qilgan tarbiya va ta’lim o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Aqliy tarbiya.
2. Jismoniy sog’lomlashtirish (davolash ham shunga xizmat qiladi).