Reja: Xalq qabulxonalari faoliyatining tashkil etilishi



Yüklə 13,71 Kb.
tarix04.06.2022
ölçüsü13,71 Kb.
#60583
ibragimov9


Mavzu: Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida
Reja:
1.Xalq qabulxonalari faoliyatining tashkil etilishi
2.Xalq qabulxonalari – inson huquqlarini himoya qilish yo'lida
3.Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-sonli “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish maqsadida:
Quyidagilar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (T.A. Xudaybergenov) ikki hafta muddat ichida Xalq qabulxonalarining sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. Aql – tarozi, ko’ngil qozi bo’ladi: ko’riladigan tadbirning foydasi va zarari taroziga qo’yilib, obdon tortiladi. Bunday hayot tarzi, tabiiyki, o’zaro muloqotga, muloqot esa qizg’in muhokama – kengashga, har bir masalada adolatli va oqilona hukmga yo’l ochadi. Xalqimiz bunday qadriyatlarga asoslanib, avvalo, ijtimoiy adolatga intilib kelgan. Albatta, har qanday jamiyatda bo’ldi-bo’lmadi ishga darrov shikoyat yozadiganlar topiladi. Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati– O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdidagi «Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir» nomli ma’ruzasida «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi. Bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga birinchi navbatda ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. Qisqa qilib aytganda, rahbarlarga xalqning o’zi baho beradi», deb ta’kidladi. Prezidentimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2017-yilni yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilarkan, «davlat organlarining fuqarolar bilan o’zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko’rib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor», deb uqtirib o’tdi. Mana, ko’p o’tmay, xalqimiz bu g’oya va tashabbuslarning amaliy natijalarini o’z hayotida ko’rmoqda.
Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Prezident devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida Prezidentning Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, har bir tuman va shaharda Prezidentning Xalq qabulxonalari, Prezidentning virtual qabulxonasi tashkil etildi.Mazkur tuzilmalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda ishlaydi.Bunda Virtual qabulxonaning ishlash shakli va uslubi o‘zgarmagan: murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo’ng’iroq qilish, pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to’ldirish orqali yuborish mumkin. Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Xalq qabulxonalari haftada besh kun 9.00 dan 18.00 gacha tanaffussiz faoliyat ko‘rsatadi. Ayni paytda Xalq qabulxonalari joylardagi eng zamonaviy binolarda ish boshladi. Bu yerda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, kutish va fuqarolarni qabul qilish zallari, ish kabinetlari, Ona va bola, tibbiyot xonalari mavjud. Qabulxonalar huquqiy adabiyotlar, zarur ma’lumotlar va axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan..
Murojaatlarga oid ma’lumotlar «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi» axborot tizimiga kiritiladi. Xalq qabulxonalarida murojaatlar og’zaki, yozma va elektron shaklda shaxsan yoki pochta orqali qabul qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining yuksak minbaridan turib, xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o'zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta`kidlab o'tdi. Xalq hokimiyatchiligi to'g'ridan-to'g'ri muloqot, ya`ni «fuqaro — davlat» g'oyasida mujassam bo'lgan eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu so'nggi paytlarda mamlakatimizda barcha sohada kechayotgan islohotlarni o'zaro uzviy bog'lab turadigan asosiy negiz sifatida ko'zga tashlanmoqda. Bu borada yurtdoshlarimiz hamjihatlikda mamlakatimizning yaqin istiqboldagi «yo'l xaritasi»ni ishlab chiqqani hamda u jamoatchilik muhokamasidan so'ng tasdiqlanganini eslashning o'zi kifoya. Aytish joizki, yurtdoshlarimizni, ochig'i, ko'p o'ylatgan, ko'nglini bir qadar bezovta qilgan, o'ziga xos nozik muammo ham yechimini topdi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, ko'p sonli murojaatlar asosida o'rganilib, maktablarda 10-sinf qayta tiklandi. Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslarida inson manfaatlari yurtimizda kechayotgan yangilanishlarning asosiy maqsadi sifatida aks etadi.«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan o'tkazilgan tahlillarga ko'ra, «xalq» va «mamlakat»— Prezidentimizning ma`ruzalari, nutqlarida eng ko'p uchraydigan so'zlar ekan. Yurtboshimizning 12 ta ma`ruzasida ushbu so'zlar uch yuz martalab yangragan.Bu o'zbekistonliklarning davlat rahbari hamda yangi institutga bo'lgan yuksak ishonchini ko'rsatmoqda. Binobarin, Virtual qabulxona allaqachon aholi muammolarini amalda hal qilishga qodir bo'lgan mexanizmga aylanib ulgurdi. Fidoyi va jonkuyarlar davri keldi. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida e`tirof etilganidek, Shavkat Mirziyoyev ko'plab amaldorlarni aylanib o'tib, fuqarolarning shikoyatlarini to'g'ridan-to'g'ri qabul qiladigan va Prezident devoniga yetkazadigan Virtual qabulxonani tashkil etish orqali shu paytga qadar xalqdan uzoqlashib ketgan o'zbek siyosiy modelini ijobiy ma`noda larzaga keltirdi. «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyilini hayotga tatbiq etishga, ishni soat mexanizmidek tashkil qilishga qodirlargina qoldi. Bu tamoyil odamlarning hokimiyat bilan to'siqsiz muloqot o'rnatishiga keng maydon hamda imkon beradi.
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida yig’ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo’lgan-u, lekin to’rachilik, o’zibo’larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar yig’ilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yo’lga qo’yildi. Prezidentimizning “Rahbarlar xalqning xizmatkori bo’lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo’lsa, ishimizda unum va baraka bo’ladi”, degan qat’iy talablari amalda o’z ifodasini ko’rsatdi.
2017 yil 12 dekabrda Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risidagi Farmoni qabul qilindi va ushbu hujjat asosida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu ham, albatta, aholiga barcha sohalarda qulay imkoniyatlar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish yo’lida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Ilgari “Yagona darcha” tizimi faqatgina tadbirkorlarga xizmat ko’rsatib kelgan bo’lsa, endilikda oddiy fuqarolarga ham davlat idoralari bilan bog’liq ishlarda ushbu tizim orqali xizmat ko’rsatish maqsad qilindi. Natijada aholiga eng zarur va talab yuqori bo’lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko’rsatish uchun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tarmog’i vujudga keldi.
Mazkur tizimning davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va amalda munosib samara bergan Xalq qabulxonalari negizida barpo etilgani ayniqsa ahamiyatlidir. Chunki shu jamiyatda yashayotgan har bir fuqaro hayoti davomida turli ehtiyojlar bilan davlat idoralariga duch kelishi tabiiy hol. Xalqning davlat idoralari bilan munosabatlarida yengillik yaratish, mushkulini oson qilish esa bugungi kunda davlatimizning asosiy e’tibor markaziga ko’tarilgan. Davlat xizmatlari ko’rsatishning yangi, zamonaviy konsepsiyasida fuqarolarning navbat kutib turishlarini keskin kamaytirish, hujjatlarni elektron tarzda yuritish hisobiga qog’ozbozlikni qisqartirish, turli xil buyruqbozlik va sansolarliklarga chek qo’yish ko’zda tutilgan. Eng muhimi, davlat xizmatlari markazlarining ish prinsipi “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan tamoyilga asoslangan.
Avvalo, shuni chuqur anglashimiz zarurki, bugun mamlakatimizda ro’y berayotgan o’zgarish va islohotlarning zamirida “Nima qilsak odamlarimizning tashvishi kamayadi, ularga tejamli va qulay bo’ladi?” degan jiddiy savol turadi. Ana shu yangilik va islohotlarning barchasi odamlarni ko’pdan beri qiynab kelgan muammolarni bartaraf etish, ularni bugungi hayotdan mamnun etib, ertangi kunga bo’lgan ishonchini amalda mustahkamlashga xizmat qilishi kerak. Shu ma’noda yurtimiz hayotida yangilik bo’lgan mazkur tizim faoliyatini boshlashda ham puxta o’ylab qadam tashlandi. Bu borada davlat xizmatlari ko’rsatish sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini muntazam ravishda o’rganib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar Angliya, Germaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Ozarbayjon, Litva, Singapur, Qozog’iston va boshqa davlatlar qonunchiligi o’rganilib, Avstraliya va Kanadaning davlat xizmatlari elektron tizimi atroflicha tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko’ra ma’lumotnomalar tayyorlanib, ularning ijobiy tajribasidan kerakli o’rinlarda foydalanish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

3.Prezident qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari to’g’risidagi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari to’g’risidagi nizomlar tasdiqlandi.


Nizomga ko’ra, Xalq qabulxonasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo’yicha maslahatchisi bo’linmalari tuzilmasi tarkibiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi. Xalq qabulxonasi o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o’z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas.Nizomda belgilanishicha, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni tatbiq etilmaydigan, shu jumladan ko’rib chiqish tartibi ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarni Xalq qabulxonasi ko’rib chiqmaydi.
Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o’rganish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi amal qilishini ta'minlash;
-fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlariga, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so’zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
-Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qat'iy amal qilgan holda, to’liq, xolis, o’z vaqtida ko’rib chiqilishi, shuningdek uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o’rganishda aniqlangan muammolarning hal etilishini tashkil etish va nazorat qilish;
- uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o’rganishda aniqlangan muammolar hamda Xalq qabulxonasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, tegishliligi bo’yicha davlat organlariga yuborilgan murojaatlarning ko’rib chiqilishi va hal etilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
-jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o’tkazish;
-uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o’rganishda aniqlangan muammolar va murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
-hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar, davlat organlarining uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o’rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish;

-viloyat (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahri) miqyosida Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro’yxatini ko‘rib chiqish va kelishib berish;

-tuman (shahar) Xalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari a'zolaridan iborat ishchi guruhlarning hududlarni mahallalar va xonadonlar (oilalar) kesimida tahlil qilish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o’rta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

-qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari (“yo’l xaritalari”) ijrosini nazorat qilish;

-sektorlar faoliyatini hamda mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning ijrosini nazorat qilish;

-har chorakda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari majlisida muhokama qilish uchun axborot kiritish, ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisobotini eshitishda ishtirok etish;

-davlat organlarining nogironligi bo’lgan shaxslar, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashish bilan bog’liq ishlarini muvofiqlashtirish;

-davlat xizmatlari ko’rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish;

-hududlarda murojaatlar bilan ishlash, sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar o’tkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

-jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni o’rganish hamda aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta'minlash choralarini ko’rish;



-tuman (shahar) Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish, ularni uslubiy va axborot-tahliliy materiallari bilan, shuningdek hududiy davlat organlari bilan hamkorligini ta'minlash.
Yüklə 13,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin