Kapital harakatining muhim shakli ssuda kapitalini xalqaro kredit ko’rinishida olib kelinishi va olib chiqilishi hisoblanadi. Korxonalar, aholi va davlatda bo’sh pul jamg’armalarining paydo bo’lishi, ularni banklar, sug’urta va investitsiya kompaniyalarida to’planishi, shuningdek, transmilliy kompaniyalar, banklar, xalqaro moliya-kredit muassasalarining ssuda kapitalining jahon bozorini shakllanishiga olib keladi. Bu bozorda turli-tuman davlatlardagi qarz beruvchilar va qarz oluvchilar kredit berish shartlari va kredit miqdorini belgilovchi shartnomalar tuzadilar.
Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda amalga oshirilishi (mamlakatlar o’rtasida) xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Xalqaro kreditga xalqaro miqyosda harakat qiluvchi kredit munosabatlari to’plami sifatida qarash zarur. Kreditning bu shakli bevosita ishtirokchilari davlatlararo moliya-kredit institutlari, tegishli davlat hokimiyati, kredit tashkilotlari va alohida huquqiy shaxslar bo’lishi mumkin.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va To’lovlilik asosida beriladigan kredit hisoblanadi.
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul ( valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat, tashkilot vamuassasalar, huquqiy shaxslar, xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;
qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat to-monidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
qarz beruvchi mamlakatga to’lanadigan ssuda foizining man-basi qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi.
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishinita’minlaydi;
kapitalning konsentratsiyalashuviga sharoit yaratadi va bujarayonni tezlashtiradi;
har xil vositalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishdamuomala xarajatlarini qisqartiradi.
valyuta turiga ko’ra qarzdor mamlakat valyutasida, kreditormamlakat valyutasida, uchinchi mamlakat valyutasida, ma’lum davlatlar pul birligida (SDR, yevro va boshqalar).
Taklif etilishi nuqtayi nazaridan naqd akseptli (bank yoki importyor tomonidan akseptlanganda), depozit sertifikatli, obligatsiya zayomli kreditlarga bo’linadi.
Shu o’rinda xalqaro kreditlarning ayrim turlariga to’xtalib, ularning iqtisodiyotdagi ahamiyatini ko’rsatib o’tsak. Masalan, faktoring – bu vositachi kompaniya tomonidan qarzdorning To’lov majburiyatlarini To’lov uchun qabul qilib, uni tezda yoki o’rnatilgan muddatlarda mol egasiga to’lash hisoblanadi. Kreditlashning bu shaklining ustunligi shundaki, faktoring kompaniyasiga (vositachiga) hisob-kitob hamda bozorga chiqishning moliya natijalarini tahlil qilish funksiyalarining ma’lum qismi ham o’tadi. Kreditning bu shaklidan iste’mol mollarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, eksport aylanmasi katta bo’lmagan firmalar foydalanadi.
Faktoring kompaniyalari tijorat banklari faoliyati bilan chambarchas bog’langan bo’lib, ulardan kredit yordami va xaridorlarning kredit qobiliyati haqidagi ma’lumotlarni oladi. Shuningdek, faktoring kompaniyalari o’zaro xalqaro guruhlarni, assotsiatsiyalarni tashkil etadilar. Bu kompaniyalar eksport qiluvchilarni kredit risklaridan va kreditni sug’urta qilish xarajatlaridan ozod qiladi.
Forfeyting operatsiyasi 50-yillarda G’arbiy Yevropada paydo bo’lib, aylanishsiz moliyalashtirish deb atalgan baza asosida rivojlanadi. Bu usul AQSHda «Veksellarni qayta moliyalashtirish» nomi bilan qayta tarqalgan. Bu operatsiyaning mazmuni shundaki, eksportyor tomonidan importyorga talab huquqi bank forfeytoriga beriladi, u esa, o’z navbatida, bu huquqni saqlashi yoki xalqaro bozorda sotishi mumkin. Bank esa eskportyorga bu qimmatli qog’ozlar qiymatini naqd pul bilan to’laydi. Bunday qat’iy hisob stavkasi, mukofot (bank majburiyatlarni to’lamaslik riskini o’z zimmasiga olgani uchun) chegirib tashlanadi. Forfeyting operatsiyalarida ishlatiladigan moliyaviy vositalar banklardagi an’anaviy savdo veksellari hisob-kitoblari kabi qo’llaniladi. Farqi shundaki, veksel egasi importyor sifatida forfeytingda risk bilan bog’liq bo’ladi. Oddiy hisob-kitobda esa veksel qonunchiligiga binoan ko’plab holatlarda qarzdorlik javobgarligi eksportyorning xaridorni kreditlashini uzaytirishga imkon beradi. Bankning forfeyting operatsiyalari bo’yicha riskni o’z zimmasiga olishi investorlar uchun o’z mablag’larini uzoq muddatga qo’shimcha joylashtirishga qiziqishni oshiradi. Forfeyting operatsiyalarida ishtirok etuvchi banklar uchun yevro valyuta bozori, moliyaviy vositalar bozori hisoblanadi. Shuning uchun forfeyting stavkasi bu bozordagi o’rta muddatli kredit foiz stavkasi bilan chambarchas bog’liq.
Xalqaro lizing – bu ijara operatsiyalarining bir ko’rinishi bo’lib, bunda ijaraga beruvchining mulkka egalik huquqi saqlanib qoladi. Ijaraga oluvchi vaqti-vaqti bilan tovardan vaqtincha foydalanganligi uchun haq to’lab turadi. Lizing jihozlarni maxsus kredit muassasasining kompaniyasi tomonidan oldindan sotib olishni anglatadi. Asosan bunday operatsiyalarning obyekti turli xil jihozlar, transport vositalari, EHM va boshqalar hisoblanadi. Ijara kredit olishning o’ziga xos shakli bo’lib, eksportyor tovarining tashqi bozordagi harakatini yengillashtiradi. Oddiy tovar krediti bilan lizing ijara operatsiyalarini o’tkazish shartlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Ijaraga oluvchi o’z mablag’larini markazlashtirishdan xalos bo’ladi. Ijara To’lovlari bo’lak-bo’lak shaklida butun ijara davrida to’lab boriladi. Ammo lizingning maqsadi tovarga egalik huquqini olish emas, balki tovarning iste’mol xususiyatlaridan foydalanish huquqini olishdir. Xalqaro savdo ijara operatsiyalarining hajmining oshishi ko’plab moliya mablag’larini jalb etishni taqozo etadi. Shuning uchun ham, ko’pchilik mamlakatlarning yirik tijorat banklari lizing kompaniyalarini moliyalashtirishda faol ishtirok etadilar. Keyinchalik lizing kompaniyalari banklar ixtiyoriga o’tadi.
Xalqaro kreditning bahosi – bank bilan qarz oluvchi o’rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o’z ichiga oladi. Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, kreditning bahosi bank tomonidan belgilangan foiz stavkasi hisoblanadi. Xalqaro kreditning bahosi ikkiga bo’linadi:
Kelishilgan kredit bahosi.
Kredit bahosining yashirin elementlari.
Kelishilgan kredit bahosiga foizlar, qarzni rasmiylashtirish uchun komission To’lovlar va boshqalar kiradi.
Kredit bahosining yashirin elementlariga esa kreditni ishlatish bilan bog’liq xarajatlar va shartnomada eslatib o’tilmagan To’lovlar kiradi.
Bevosita qarz beruvchiga to’lanadigan bu – foiz stavkasi hisoblanadi. Uning darajasi jahon, milliy pul bozorlarining ahvoliga, shuningdek, qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi kelishuvlarga bog’liq. Foiz stavkalari qayd etilgan va suzib yuruvchi stavkalarga bo’linadi. Qayd etilgan foiz stavkalari kreditning barcha muddatiga belgilanadi.
Suzib yuruvchi stavka qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi kelishilgan muddatda (asosan 3-6 oydan keyin) kapital bozoridagi ahvolga qarab, qayta ko’rib turiladi.
Suzib yuruvchi foiz stavkasi ikki qismdan tarkib topadi:
Asos qilib olingan stavka. Bunday stavka sifatida AQSHbanklarining birinchi darajali qarz oluvchilari uchun stavka (praym-reyt), shuningdek, London banklari tomonidan shu toifadagi mijozlarga qisqa muddatli ssudalarni berishda ishlatiladigan o’rta foiz stavkasi (LIBOR) qo’llaniladi. Rasmiy jihatdan LIBORning o’rnatilgan darajasi mavjud emas. Har bir yirik London banki bu stavkani valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab aniqlaydi. Libor valyuta turlari va muddatlariga qarab (1, 3, 6 va 12 oy) tabaqalashtiriladi.
Ustamalar yoki marja. Uning miqdori qarz oluvchi va qarzberuvchi o’rtasidagi kelishuv bo’yicha aniqlanadi.
Komission To’lovlar bu qarz beruvchi bankka belgilangan muddat mobaynida zarur kredit resurslarini qarz oluvchi ixtiyoriga berish va rezervda saqlash majburiyati uchun to’lanadi. Shuningdek, komission To’lovlar agar kredit alohida banklar tomonidan emas, balki banklar uyushmasi tomonidan berilsa, kredit operatsiyalarini o’tkazishni boshqarish uchun ham to’lanadi. So’nggi holda yetakchi bank yoki uyushma ishni tashkil etuvchi menejer kreditlashda qatnashish hissasini hamda qarzni uzishdan, foizlarni to’lashdan tushadigan mablag’larni uyushma a’zolari o’rtasida taqsimlaydi. Buning uchun qarz oluvchidan boshqarish uchun bir martalik tartibda komission To’lovlar oladi.
Sug’urta mukofoti – bu maxsus sug’urta muassasalariga to’lanadi. Chunki ular yuz berishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni sug’urta qiluvchi bilan kelishilgan miqdor doirasida qoplash mujburiyatini o’z zimmalariga oladilar. Hozirgi vaqtda eksport kreditlarining sug’urta qilish miqdori ehtimoli bo’lgan yo’qotishlarning 80-90 %ini tashkil etadi, ba’zida esa hatto 100 %ini ham tashkil qilish mumkin.
Kredit bahosi ssuda kapitali bozoridagi talab va taklif asosida aniqlanadi. Kreditlarning barcha turlari, ya’ni xususiy, davlat va xalqaro tashkilotlarning kreditlari ustun ravishda bozor qiymati bo’yicha beriladi, biroq ba’zi hollarda qarz oluvchi tomonidan ma’lum shartlar saqlanganda hukumat kreditlari va xalqaro tashkilotlarning kreditlari bozor qiymatidan past bo’lgan imtiyozli narxda berilishi mumkin.
Xalqaro kreditning foiz stavkasi har xil usulda o’rnatilishi mumkin. Bularga «praym-reyt» va liborlarni misol keltirishimiz mumkin.
«Praym-reyt» asosida xalqaro kreditga foiz stavkasini o’rnatish.
Xalqaro kredit, masalan, AQSH dollarida Amerika banki tomonidan berilsin. Mahalliy valyutada moliyalashtirilayotgan kreditni baholash uchun bank o’zining ma’lumot stavkalarini qo’llaydi. AQSHda bu rolni «praym-reyt» stavkasi bajaradi. Bu birinchi darajali talabgorlar uchun foiz stavkasi hisoblanadi. «Praym-reyt» stavkasi bank fondi uchun olinadigan ushlamalarni, kredit bilan bog’liq bo’lgan bank operatsiyalarini, xarajatlarini hamda daromad marjasini qoplash darajasida baholanadi.
Bank uchun fond ushlamalari birinchi navbatda tez to’lanadigan (qisqa muddatli) depozitlar stavkasi bilan shakllanadi. Bundan tashqari, mijoz hisobvarag’iga xizmat ko’rsatish xarajatlari ham talab qilinadi. Chunki bank tomonidan hisobvaraq uchun alohida operatsiyalarga o’tkaziladigan komission To’lovlar buni qoplay olmaydi.
Rivojlangan mamlakatlar banklari mahalliy depozitlarni sug’urtalash uchun federal agentliklarga sug’urta badallari to’laydilar. Bu xarajatlar albatta tijorat banklari uchun fond qiymatlarini oshirishga olib keladi. Bulardan tashqari, foiz stavkalari bank tomonidan baholanadigan kredit riskini ham o’zida namoyon etishi kerak. Kredit bilan bog’liq bo’lgan ayrim qo’shimcha risklarni qoplash uchun «praym-reyt» stavkasining ustiga qo’shish orqali qoplash mumkin. Shularning hammasi umumlashtirilib, bank xodimlarining bilimlari va malakalari orqali kredit bahosi o’rnatiladi. Bundan tashqari, bozordagi kredit beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan foiz stavkalari ham hisobga olinadi. Shunday qilib, mahalliy fondlar hisobidan moliyalashtirilayotgan xalqaro kredit foiz stavkasi yaxlitligicha bank tomonidan shunday e’lon qilinadi: «Bizning praym-reyt plyus X yillik foiz punktlari». Shu orqali foiz stavkasi o’rnatiladi va bu kredit davrida «praym-reyt» stavkasi izidan yurib o’zgarib turadi.
Yevro valyutani LIBOR stavkasi asosida foiz stavka o’rnatish.
Libor stavkasi (London InterBank Offered Rate – LIBOR) bu Londondagi banklararo depozit bozori taklif qilgan stavka hisoblanadi. Xalqaro ssuda kapitallari bozorida kredit berishda eng kerakli va mo’ljalli foiz stavka hisoblanadi. Bank banklararo bozordan yevrodollari Libor stavkasini to’lagan holda qarzga oladi. So’ngra bu pullarni mijoziga kredit qilib beradi. Yevrodollar qisqa muddatli depozitlar hisoblanadi va bank bularni 3 yoki 6 oyga oladi. O’z-o’zidan berilayotgan kredit revollover kredit liniyasi shaklini oladi. Ya’ni har chorak yoki yarimyillikda tiklanadi. Qarzdor tomonidan foiz stavka «LIBOR plyus X yillik foiz punktlari» tarzida e’lon qilinadi.
Bank daromadida «praym-reyt plyus» va «LIBOR plyus» stavkalari o’rtasida farq bor. «Praym-reyt» stavkasi o’zida bank uchun ushlamalar plyus xarajatlar qoplamasi plyus bankning aksiyador kapitali uchun daromadlarni namoyon etadi. LIBOR stavkasi esa faqat bank uchun fond qiymatini ko’rsatadi. Shunday qilib LIBOR stavkasi ustiga o’rnatilgan foiz bank sof daromadi hisoblanadi.
«Praym-reyt plyus» va «LIBOR plyus» stavkalaridan bank kredit bahosini pul bozorining instrumenti hisoblangan qimmatli qog’ozlarning foizlarini ustiga qo’shish bilan aniqlaydi. Misol qilib depozit sertifikatining foizini olishimiz mumkin. Bunda bank depozit sertifikatining foizini ustiga qo’shish orqali kreditni baholaydi. Bu stavka qaysidir bankning «praym-reyt» stavkasiga nisbatan ichki pul bozorining stavkasini aniqroq ifodalaydi. Bunday kreditning bahosini bank o’zining mijozlariga qimmatli qog’ozlar uchun to’laydigan foizlar bilan solishtirib turadi.
Yuqorida qayd etilgan «praym-reyt plyus», «LIBOR plyus» va boshqa stavkalar ko’p jihatdan bir-biri bilan bog’liq bo’ladi va ular o’zaro solishtiriladi. Masalan, bank akseptlarining foiz stavkasi depozit sertifikatlari va tijorat qog’ozlari foiz stavkasi bilan deyarli yaqin bo’ladi. Depozit sertifikati foiz stavkalari darajasi, qisqa muddatli bank depozitlari foiz stavkasiga qarab o’zgaradi. Yuqoridagi qayd etilganidek, «praym-reyt» stavkalari ana shu asnoda o’rnatiladi.
Xalqaro kreditni baholashda bir qancha omillar borki, ular kredit bahosiga ta’sir ko’rsatmasdan qo’ymaydi. Ana shu omillardan biri kredit olgan mijoz mamlakatining valyuta-moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy holatidir. Bizga ma’lumki, ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar siyosiy jihatdan barqarordirlar. Lekin ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bunday emas. Bank mijozning moliyaviy holatidan qoniqqan bo’lishi mumkin, lekin u mamlakatning siyosiy holatini o’rganib chiqishi kerak bo’ladi. Chunki mijozning biznesini yomonlashuviga asosan shular sabab bo’lishi mumkin. Masalan, mamlakatda hukumat to’ntarilishi sodir bo’lsa, yangi qonunlar qabul qilinishi mumkin va ayrim valyuta cheklovlari o’rnatilishi mumkin. Natijada, mijoz o’zi xohlamagan tarzda kreditni qaytara olmaydi. Ana shunday to’satdan o’zgaradigan omillarga inflyatsiya sur’ati, valyuta kursi dinamikasi, ssuda kapitali bozorining holati va boshqalar misol bo’la oladi.