HISOBLASH ALGORITMI VA SONLI USULLAR. MATEMATIK MODELLAR. XATOLIK TUSHUNCHASI.TENGLAMALAR.
Reja:
1.Xatoliklar manbai.
2.Absolyut va nisbiy xatoliklar
3.Nisbiy xatolik
Xatoliklar manbai quyidagilardir:
1. Real jarayonning matematik tavsiflanishi noaniqligidan kelib chiqadigan xatolik – matematik model xatoligi deyiladi.
2. Boshlang‘ich ma’lumotlarning noaniqligi tufayli yuzaga keladigan xatolik – boshlang‘ich ma’lumotlar xatoligi deyiladi.
3. Masalani yechishda qo‘llanilayotgan usullarning noaniqligidan chiqadigan xatolik – usul xatoligi deyiladi.
4. Hisoblashlarda vujudga keladigan xatoliklar – hisoblash xatoligi deyiladi.
5. Yaxlitlash natijasida hosil bo‘ladigan xato yo‘qotib bo‘lmaydigan xatolik deb ataladi.
1-ta’rif. Hisoblashlarda qatnashayotgan taqribiy a son bilan shu sonning aniq qiymati A orasidagi farq (A-a) xatolik deyiladi.
1-ta’rif. Hisoblashlarda qatnashayotgan taqribiy a son bilan shu sonning aniq qiymati A orasidagi farq (A-a) xatolik deyiladi.
Agar A>a bo‘lsa, xatolik musbat va A<a bo‘lsa, xatolik manfiy bo‘ladi. Xatoliklarni baholash to‘g‘ri bo‘lishi uchun absolyut xatolik tushunchasi kiritiladi.