GIPERBOLIZASIYA. Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin.
URG`U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi.
SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan rassomlar turli o`simliklarning obrazi asosida naйshlar yaratadilar.
Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo`llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko`p takrorlanuvchi belgilar ma`lum obrazlarda gavdalantiriladi
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar. Xayol haqida tushuncha?
Xayol va muammoli vaziyat?
Xayol turlari?
Xayol jarayonlari?
Ijodiy faoliyatda xayolning roli?
Xayol va organik jarayonlar qanday bog’liq?
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro`yxati. G`oziev E. Psixologiya. T. 1994.
Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii. SPb, 1997
Karimova V. M. "Ijtimoiy psixologiya asoslari". - T., 1994
Karimova V. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi. - T., 2000
Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002
Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000
Olshanskiy B. B. Prakticheskaya psixologiya dlya uchiteley. M. 1994.
Psixologiya. Uchebnik. - Pod red. A. Krilova - M., 1998
Rubinshteyn S. L. Osnovi obshey psixologii. - M., 1998
Umumiy psixologiya. A. V. Petrovskiy taћriri ostida. T.1992.