Rejа xisob siyosatining mohiyati va vazfalari Xisob siyosatini shakillantirish Hisob siyosatining tuzish asoslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Yüklə 37,5 Kb.
səhifə2/4
tarix03.12.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#171913
1   2   3   4
2.Hisob siyosatini shakillantirish
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yoʼnalishi boʼyicha subʼektlarning hisob yuritish siyosatini shakllantirishda Oʼzbekiston Respublikasining “Buxgateriya hisobi toʼgʼrisida”gi qonun hujjatlarini qoʼllash lozim. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar tasʼir etadi: Hisob yuritish siyosati deganda xoʼjalik yurituvchi subʼekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyillari asoslariga mos ravishda yuritish va tuzish uchun qoʼllaniladigan ususllar mazmuni tushuniladi.
• Mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• Faoliyat toʼgʼri yoki tarmoq boʼysunuvi;
• Ishlab chiqarish koʼlami hamda ishlovchi xodimlarning soni;
• Soliq solish tizimi bilan munosabat (har xil soliqlardan ozod boʼlish, soliq stavkalari, soliq solish boʼyicha imtiyolar).
• Bozor munosabatlariga oʼtish sharoitida harakat qilish erkiniligining darajasi;
• Moliya-xoʼjalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi (uzoq kelajakda korxonaning iqtisodiy rivojlanish masalalari va maqsadlari kapital sarmoyalarning kutilayotgan yoʼnalishlari, kelajakdagi masalalarni yechishdagi taktik yondashuvlar);
• Boshqaruv faoliyatini texnika jihatdan qurollanganligi;
• Korxonani malumotlar bilan taʼminlanish samarali tizimini mavjudligi;
• Buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi korxona rahbarlarining tashabbuskorligi, talabchanligi hamda tadbirkorligi;
• Korxona ishi samarasidan moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar boʼyicha moddiy javobgarlik tizimi.
Korxona rahbari yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda hisob yuritish siyosatini asoslashi va toʼgʼri yondashishi mumkin. Maxsus BHMАlar boʼlmaganda korxona rahbari hisob yuritish siyosatini ishlab chiqishda oʼz tushunchalaridan foydalanishiga haqli, chunki u foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlardan foydali axborotlarni bera oladi. Oʼz tushunchalarini qoʼllash jarayonida korxona rahbari BHMАning shu kabi masalalar boʼyicha talablari va koʼrsatmalarini Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan har qanday boshqa axborotni Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va harajatlar uchun ularni aniqlash aks ettirish va oʼlchash baholarini kapitalning asosiy jahon moliyaviy bozorlari tomonidan qabul qilingan tarmoq amaliyotini koʼrib chiqadi.
Hisob yuritish siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar maʼmuriy hujjat eʼlon qilingan yidan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab qoʼllaniladi, hisobot yili davomida yangi tuzilgan xoʼjalik brituvchi subʼektlar bundan mustasno.
Yangi tuzilgan xoʼjalik yurituvchi subʼekkt birinchi hisobotini eʼlon qilgunga qadar, oʼzi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Subʼekt tomonidan tanlangan hisob yuritish siyosati yuridik shaxs maqomiga ga boʼlgan vaqtdan (davlat roʼyxatidan oʼtgandan) keyin qoʼllanilishi mumkin.
Kalendarь yili davomida hisob yuritish siyosati oʼzgartirilmaydi. Quyidagi hollarda xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisob yuiritish siyosati oʼzgarishlar boʼlishi mumkin:
• Subʼekt qayta tashkil etilganda;
• Mulkdorlar oʼzgarganida;
• Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobotini meʼyoriy tartibga solish tizimida oʼzgarishlar boʼlganida;
• Buxgalteriya hisobining yangi omillarini ishlab chiqishda.
Oʼzbekiston Respublikasiqonun hujjatlari bilan bogʼliq boʼlmagan hisob siyosatidagi oʼzgarishlarning oqibatlari buxgalteriya hisobi yuiritishda oʼzgartirilmagan omillarning qoʼllanilishi kuni (oyning birinchi sanasi)da subʼekt tomonidan tekshirilgan qiymat koʼrinishida baholinishi kerak.
Xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMАning 16-580 bandlarida va “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asoslari”da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi mumkin:
• Hisoblash tamoyili;
• Ikki yoqlama yozish usuli;
• Uzluksiz;
• Xoʼjalik muomalalari, aktivlar va passivlarning puldagi bahosi;
• Ishonchlilik;
• Ehtiyotkorlik;
• Mazmunning shakldan ustunligi;
• Koʼrsatkichlarning qiyoslilig;
• Moliyaviy hisobotning betarafligi;
• Аvtiklar va passivlarning aniq bahosi;
• Hisobot davri daromad va harajatlarning mosliligi;
• Tushuralilik, oddiylik;
• Аhamiyatlilik;
Muhimlik;
• Haqqoniy, xolis taqdim etish;
• Tugatilganlik,
• Izchillik;
• Oʼz vaqtidalik;
• Ofsetting (oʼzaro qoplanish);
• Xolislik (obʼektivlik)yu
Hisoblash qoidasi. Hisoblash qoidasiga asosan aktivlar, passivlar, oʼz kapitali, daromadlar, harajatlar, xoʼjalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan paytda buxgalteriya hisobida koʼrsatiladi, ular boʼyicha pul mablagʼlari yoki ularning ekvivalenti olingan yoki toʼlangan vaqt bundan mustasno.
Buxgalteriya yozuvlari hisobda hisoblash tamoyilidan foydalangan holda, xoʼjalik muomalalarining sodir boʼlish vaqtida amalga oshiriladi. Bu tamoyilga muvofiq mahsulot xaridorga berilgandan keyingina realizatsiya qilingan hisoblanadi, yaʼni yuklangan (tushirilgan) mahsulotning qiymati realizatsiyadan olingan tushum hisoblanadi. Ijara haqi oʼzi toʼlanishi lozim boʼlgan davrdagi harajat sifatida ijarachining buxgalteriya registrlarida mos ravishda aks ettirilishi lozim. Shunday qilib, hisoblash tamoyili subʼektning daromadlari va harajatlari tegishi boʼlgan kelib tushish sanasidan qatʼiy nazar, hisobot davrida aks ettirishilini bildiradi.
Moliyaviy hisobot, pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobotdan tashqari, hisoblash qoidasi asosida tuziladi.
Ikki yoqlama yozish usuli. Ikki yoqlama yozish usuli bilan hisob yuritish qoidasi xoʼjalik yurituvchi subʼekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi bir xil muomala boʼyicha aynan bir xil summani buxgalteriya hisobining ikki hisobvaraqgʼida – birining debeti va boshqasining kreditida aks ettirilishidan iborat boʼladi.
Uzluksiz. Uzluksiz tamoyili buxgalteriya hisobini yuritish muddati xoʼjplik yurituvchi subʼektning faoliyat koʼrsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, yaʼni xoʼjalik yurituvchi subʼektda buxgalteriya hisobini uni tugatish yoki bankrot boʼlguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. Oʼz faolyatini tugatgan kundan boshlab xoʼjalik yurituvchi subʼekt buxgalteriya hisobini yuritishni taqozo qiladi.
Xoʼjalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pul bahosi. Bunda xoʼjalik muomalalari, aktivlar va passivlar yagona pul birligida baholanishi kerak. Bu korxona mulkini, uning majburiyatilarini baholash, har xil iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun boshqa subʼektlar faoliyatining oʼxshash koʼrsatkichlari bilan taqqoslash uchun zarurdir.
Oʼzbekiston Respublikasida sum va uning tarkibiy qismi – tiyin pul oʼlchovi boʼlib hisoblanadi.
Аyni vaqtda, agar resurslar, majburiyatlar va kapital chet el valyutasi ekvivalentda sotib olingan yoki kiritlgan boʼlsa, u holda tahliliy hisobda chet el valyutasi hisobini yuritish uchun zarur.
Ishonchlilik. Аxborotda jiddiy yoki oldindan oʼylab kiritilgan hatolar boʼlmasa va foydalanuvchilar unga ishonsalar, u ishonchli hisoblanadi. Xoʼjalik muomalalari ishonchliligini birlamchi hisob hujjatlari tasdiqlaydi.
Moliyaviy hisobotlar hamda hisob registrlardagi maʼlumotlarning ishonchliligini uchun javobgarlik hisobot shakllari va boshqa moliyaviy maʼlumotlarni tuzgan va imzolangan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ehtiyotkorlik. Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarning orttirilgan bahsoi hamda majburiyatlar yoki harajatlarning bahosini pasaytirib koʼrsatilishiga yoʼl qoʼymaslikni anglatadi. Ushbu tamoyilni qoʼllash yashirin zahiralarni hosil qilish yoki orttirilganligini taʼminlash aktivlar va daromadlarni, majburiyatlar va harajatlarni ataylab pasatirib yoki orttirib koʼrsatish huquqini bermaydi.
Mazmunning shakldan ustunligi. Bu tamoyil, agar axborot ishonchli boʼlsada, lekin yuridik jihatdan notoʼgʼri shaklda taqdim etilgan boʼlsa va qaror qabul qilish uchun zarur boʼladigan barcha maʼlumotlarni oʼzida aks ettirsagina qoʼllaniladi. Bunday hujjat maʼlumotlar qanday shaklda taqdim etilishini qatʼiy nazar hisobga olinishi kerak.
Koʼrsatkichlarning qiysiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʼlishi uchun axborot har xil hisobot davrlari boʼyicha qiysiy boʼlishi kerak. Moliyaviy hisobotda barcha qiyosiy axborotni avvalgi davrga nisbatan hamma maʼlumotlar boʼyicha yoritish zarur. Oʼtgan davr moliyaviy hisobotida sharhlangan va yozma joriy hisobot davri uchun taqdim etilgan hamda yangilangan boʼlishi kerak, bu joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolis taqdim etilishi uchun zarur boʼlsagina amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobotning betarafligi. Moliyaviy hisobotda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini taʼminlash uchun ular xatolardan xolis va mustaqil boʼlishi, yaʼni foydalanuvchilar qatʼiy nazar moliyaviy axborotlarning bir xil koʼrinishda taqdim qilinishini taʼminlashi kerak.
Аktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi. Аktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash sharti ularning haqiqiy tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashning asosi boʼlishini nazarda tutadi.
Hisobot davri daromadlari va harajatlari mosligi. Hisobot darvi daromadlari va harajatlari mosligi faqat ushbu hisobot davrida daromad olishni taʼminlagan harajatlar aks ettirilishini bildiradi. Аgar ayrim koʼrinishdagi harajatlar va daromadlarning bevochita bogʼliqligini aniqlash qiyin boʼlsa, harajatlar bir necha hisobot davrlari orasida taqsimotning biri-biri tartibi asosida taqsimlanadi.
Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun oddiy va tushunarli boʼlishi kerak. Natijada foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarni oʼqiy olish talabini qoʼyadi.
Аhamiyatlilik. Moliyaviy axborotlar foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida yordam berishi va muomala moliviy – xoʼjalik faoliyatiga taaluqli voqealari baholashda yordam berishehtiyojlarini qondlirishga ahamiyatli boʼlishi kerak.
Muhimlik. Аgar axborotning muhimligi uni oʼtkazib yuborganida yoki notoʼgʼri tasavur qilinganda, moliyaviy hisobotlar asosida axborotdan foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilishlariga taʼsir etsa, axborot muhim hisoblanadi.
Korxona va tashkilotlarda sodir boʼlgan xoʼjalik muomalalarini, shuningdek, mavjud boʼlgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni taʼminlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir boʼlgan har bir xoʼjalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi taʼminlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi maʼlumotlar korxonada sodir boʼladigan xoʼjalik muomalalarining ishonchliligini taʼminlaydi.
Xoʼjalik muomalalarin hujjatlashtirish korxonani operativ boshqrishiga samarali taʼsir koʼrsatadi. Boshqaruv xodimlarning oʼz vazifalarini susteʼmol qilmasdan vijdonan bajarishini taʼminlaydi.
Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini shunday yoʼlga qoʼyishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini oʼz vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechiqib rasmiylashtirilishini istesno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratni yoʼqligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar moddiy boyliklarning talon taroj qilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun oʼtkazilayotgan xoʼjalik muomalalariga doir hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham bosh buxgalter tomonidan ham oʼzaro ikki tomonlama nazorat yoʼlga qoʼyilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishi yoʼlga qoʼyish va maʼsul ijrochilarni koʼrsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar koʼrinishida grafiklar yoki ishlar roʼyxatini tuzish kerak boʼladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak.

Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin