Rejа xisob siyosatining mohiyati va vazfalari Xisob siyosatini shakillantirish Hisob siyosatining tuzish asoslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Yüklə 37,5 Kb.
səhifə1/4
tarix03.12.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#171913
  1   2   3   4

REJА
1. Xisob siyosatining mohiyati va vazfalari
2. Xisob siyosatini shakillantirish
3. Hisob siyosatining tuzish asoslari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini toʼgʼri tashkil etilish gʼoyat muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir boʼlayotgan xoʼjalik jarayoni hamda muomalalarni kuzatib va qayd etib olmasdan ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirib borib rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ichida asosiy vazifalarni bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta eʼtibor qaratiladi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qoʼyilgan eng asosiy talab – bu uning kam harajatli va sodda boʼlishligidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishi mumkin. Buning uchun esa eng avvalo har bir korxonaning oʼziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur oʼrganish lozim.
Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xoʼjalik faoliyati jarayonida sodir boʼlayotgan xoʼjalik muomalalarini uzluksiz kuzatish, kuzatish natijalarini son koʼrsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni taʼminlash lozim. Shu bilan birgalikda korxona biznes rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli maʼlumotlar bilan taʼminlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat oli borishi kerak.


1.Xisob siyosatining mohiyati va vazfalari
Hisob siyosatining asosiy vazifasi - korxona faoliyatini yuqori darajada obʼektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida toʼliq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni taʼminlashi lozim:
- xoʼjalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida toʼliq aks ettirish (toʼliqlik tamoyili);
- xoʼjalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda oʼz vaqtida aks ettirish (oʼz vaqtidalik tamoyili);
- mumkin boʼlgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va majburiyatlari buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezervlar yaratilishiga yoʼl qoʼymaslik (ehtiyotkorlik tamoyili);
- xoʼjalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xoʼjalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);
- har oy oxiriga sintetik hisob schyotlari boʼyicha qoldiq va oborotlarning analitik hisob maʼlumotlariga tengligi (oʼzaro zid boʼlmaslik tamoyili);
- korxonaning hajmi va xoʼjalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi boʼyicha umumiy rahbarlik qilish vazifasi Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob masalalari boʼyicha xalq xoʼjaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi boʼyicha kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar uchun majburiy boʼlgan hisob va hisobot masalalari boʼyicha yoʼriqnoma, uslubiy koʼrsatmalar ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobini toʼgʼri tashkil qilish boʼyicha metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
Oʼzbeksiton Respublikasi Moliya vazirligi Statistika qoʼmitasi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasini buxgalteriya hisobi va hisobotning tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yoʼriqnomalarni tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi.
“Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi qonunga muvofiq, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni xoʼjalik yurituvchi subʼekt rahbari amalga oshiradi.
Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
- bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalteri xizmatidan foydalanish.
- buxgalteriya hisobi ishlarini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibida buxgalteriya subʼekti ham kiradigan xoʼjalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish boʼlimiga yuklash;
- buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Shu bilan birgalikda korxona rahbari quyidagilarni taʼmminlashi shart: ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishi, xoʼjalik muomalalarini nazorat qilish jarayonini, buxgalteriya hisobining toʼliq va aniq yuritilishini hisob-kitob hujjatlarining saqlanishi, tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishi, soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini, hisob-kitoblar oʼz vaqtida amalga oshirilishini.
Rahbar buxgalteriya hisobi toʼgʼri yuritilishi uchun barcha zarur sharoitlarini yaratishi, korxona, muassasaning barcha boʼlimlari va xizmatlari, hisob-kitobga aloqasi boʼlgan barcha xodimlari tomonidan bosh buxgalterning hujjatlar va maʼlumotlarni rasmiylashtirish hamda hisob uchun taqdim etish xususidagi talablari ogʼishmay bajarilishini taʼminlashi shart.
Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xoʼjalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirishni tezkor axborot taqdim etilishini, yoʼllangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni ichki xoʼjalik rezervlarini aniqlash va safarabar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlari boʼyicha korxonaning moliyaviy xoʼjalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni taʼminlaydi. Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan oʼz tasdigʼini topadi.
“Buxgalteriya hisob toʼgʼrisida”gi qonunning 8-moddasiga binoan xoʼjalik yurituvchi subʼekt rahbari xoʼjalik muomalalarini amaga oshirish ruxsatnomasiga va subʼekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega yuoʼlgan shaxslar roʼyxatining mavjudligi uchun javobgar boʼladi. Roʼyxatda egallab turgan lavozimiga koʼra imzolash huquqi ierarxiyasi shaklida va rahbarlik vazifasini hamda subʼekt vakili sifatida harakat qilishga vakil qilingan har bir mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi vazifalarini amalga oshiradi. Subʼekt elektron imzolardan foydalanganida, uning xoʼjalik xujjatlari uchun elektron imzolardan foydalanish va ularni ishlatishga aloqador kerakli ehtiyotkorlik va nazorat choralari belgilanishi kerak.
Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar – moddiy boyliklari va pul mablagʼlarini qabul qilish hamda berish uchun asos boʼladigan hujjatlarga shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar va xoʼjalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi boʼlmasa, u haqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan unga vakolat bergan shaxslarga berilishi mumkin.
Korxonada moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash vazifasini oʼzgartirish va ishdan boʼshatish bosh buxgalter bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Аgarda korxona bosh buxgalteri oʼzgartirilsa, oldingi bosh buxgalter ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi, ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot maʼlumotlarining aniqligi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Korxonaning choraklik va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi.
Аgarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida itisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar hisob registrlari buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi kerak. Ular bilan ishlash davrida saqlashni taʼminlash va ularni arxivga topshirish uchun bosh buxgalter masuldir.
Buxgalteriya boʼlimi hujjatlarni ishlab chiqishi buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv moliyaviy hisobotlarni hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishi zarur.
Buxgalteriya apparati odatda quyidagi boʼlimlardan tashkil topadi:
Material boʼlimi. Bu yerda sotib olingan moddiy qiymatlarni, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanish joylari boʼyicha kirimi va sarflanishini hisobi yuritiladi.
Hisoblanish boʼlimi. Bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan ushlanmalar boʼyicha barcha hisoblashlar olib boriladi. Mehnat haqi fondi va isteʼmol fondidan foydalanish boʼyicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy sugʼurtaga ajratmalar boʼyicha hisoblashish hisobini olib boradi.
Ishlab chiqarish – kalьkulyatsiya boʼlimi. Bu boʼlimda barcha turdagi ishlab chiqarishga qilingan harajatlar hisobi yuritiladi, mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va hisobot tuziladi.
Umumiy boʼlim. Bu boʼlimda yuqori sanab oʼtilgan boʼlimlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Buxgalteriya hisobi boʼlimlarida hisob-kitob jarayonining sifati va samaradorligini yanada oshirish hisobchi xodimlar mehnatini ilmiy tashkil etishdan ajralmasdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish chora-tadbirlari tizimida ish joylarini fan va texnika yutuqlari asosida maqsadga muvofiq tashkil etish muhim oʼrin tutadi.
Buxgalteriya xodimlari ish joylarini barpo etish hisob jarayonining oqilona asoslangan texnologiyasida ajralmasdir. Shu munosabat bilan ish joylarini belgilashdan oldin hisob jarayonining mazmuni chuqur tahlil qilinishi kerak. Koʼp hollarda bir xildagi birlamchi hisob hujjatlari bilan ishlaydigan buxgalterlarning ish stollari nafaqat xonaning qarama-qarshi burchaklarida, balki turli xonalarda boʼlishi kerak.
Korxona bosh buxgalteri, uning oʼrinbosari, shuningdek, boshqa buxgalterlar alohida xonalarda joylashtirilishi kerak. Xonaga eshitiladigan shuningdek, xona ichida hosil etiladigan shovqinlar buxgalteriya xodimlarining mehnat unumdorligiga salbiy taʼsir qiladi. Shuning uchun ham shovqin kuchini pasaytirishga yaʼni xona devorlariga tovushni yutadigan materiallarni qoplashga jiddiy eʼtibor berilishi lozim. Hisob ishlarini zamonavyi tashkil etish uchun, eng avvalo buxgalteriya boʼlimini texnika vositalari (kompьyuter, printer, faks, modem va boshqalar) bilan toʼliq jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Hisob yuritish siyosati deganda xoʼjalik yurituvchi subʼekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyillari asoslariga mos ravishda yuritish va tuzish uchun qoʼllaniladigan ususllar mazmuni tushuniladi.


Xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisob yuritish siyosati subʼekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qoʼllaniladigan oʼziga xos qoidalar va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.
Xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisob siyosati subʼekt rahbari tomonidan “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-son BHMА asoslarida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyslanishi uchun tuziladi. Hisob yuritish siyosati shunday tashkil qilinishi kerakki, unda moliyaviy hisobot barcha uchun qulay boʼlgan BHMА asosida tuzilishi mumkin boʼlsin.
Xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisob siyosati quyidagicha boʼlishi lozim:
•Foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli;
•Ishonchli boʼlishi;
•Аynan shunay faoliyat yurituvchi boshqa subʼektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi;


Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin