Reja: Xorijiy mamlakatlarda ta'limni boshqarish, ta’lim tizimini boshqarish maqsadi



Yüklə 161 Kb.
səhifə4/7
tarix22.09.2023
ölçüsü161 Kb.
#147233
1   2   3   4   5   6   7
2 Mavzu Chet el mamlakatlari ta\'lim tizimini boshqarish111

Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi, oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi talim muassasasi rahbarlari, o'qituvchilar, o'quvchilarning o'z- o'zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.
Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta'lim muassasasining kengashi, pedagogik kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor o'rinbosarlarining majlisi, tezkor yig'ilishlar, metodik seminarlarni qayd etish mumkin.
Rejalashtirish asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.
Bu rejada boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni realizatsiya qilish muddatlari belgilanadi;
Vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi xalq xo'jaligi bo'g'inlarining o'zaro aloqalari o'rnatiladi;
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki, bunda har bir boshqaruv xodimi o'zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, o'z ish joyining faoliyati ko'rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi.
Tashkil qilish Bu funktsiya boshqaruv ob'ekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini taminlaydi. Shu nuqtai nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning o'zgarib turishiga qarab amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir. Bu funktsiya joriy va strategik rejalarning ijrosini taminlash bo'yicha birinchi qadamdir.
Muvofiqlashtirish va tartibga solish rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qilib beradi. Bu funktsiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar o'rnatish yo'li bilan boshqariladigan tizimning turi qismlari o'rtasida kelishib ish olib borishni taminlashdir.
Muvofiqlashtirish mablag'larni tejash maqsadida bashqaruvdagi paralelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, u turli tarmoqlar o'rtasida resurslarni taqsimlash yoli bilan nisbat va mutanosiblikni, ishlab chiqarish bilan iste'mol o'rtasidagi munosabatni o'rnatadi. Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo'lib, u sodir bo'lib turadigan og'ishlarni bartaraf qilish yo'li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad qilib qo'yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan og'ishlarning oldi olinadi.
Nazorat bu funktsiyaning maqsadi tutib olish, aybini ochish, ilintirish emas, balki boshqaruv obyektida sodir bo'layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma'lum tartibda shu obyekt faoliyatini o'z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o'rnatilgan me'yoriy hujjatlardan, rejalardan og'ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam nazorat yo'q joyda yuksak pirovard natijalarga erishib bo'lmaydi.

Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin