2 Mavzu Chet el mamlakatlari ta\'lim tizimini boshqarish111
Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari, o’qitish texnologiyalari va texnik vositalar. Pedagogik tizim-pedagogik texnologiyaning asosi, zamini hisoblanadi. Pedagogik tizim-bir butun, harakatlanuvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo'lib:
O’quvchi (1), ta'lim-tarbiyaning maqsadi (2), mazmuni (3), o'quv jarayoni (4), o'qituvchi yoki texnik vositalar (5) va ta'lim-tarbiyaning tashkiliy shakllaridan (6) tuzildi.
Ta'lim tarbiyaning maqsadi obektiv harakterga ega. U har bir jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlaridan hosil bo'ladi, ijtimoiy buyurtma sifatida davlat hujjatlarida umumiy tarzda ifodalandi. Ta'lim-tarbiyaning maqsadi tizim xosil qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha qismlari ta'limning maqsadiga bog'liq va uni ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi. Shaxsni, mutaxassisni shakllantirish maqsadi ta'limning mazmuni (o’quv rejasi, o'quv dasturi, darsliklar)ni belgilaydi.
Ta'lim sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi har qanday pedagogik tizim o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko'rsatib beradi: 1-talabalar; 2-ta'lim -tarbiya maqsadlari; 3-ta'lim -tarbiya mazmuni; 4-didaktik jarayon; 5-tashkiliy shakllari; 6-pedagog.
Ta'lim tarbiyaning maqsadi obyektiv harakterga ega. U har bir jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlaridan hosil bo'ladi, ijtimoiy buyurtma sifatida davlat hujjatlarida umumiy tarzda ifodalandi. Ta'lim-tarbiyaning maqsadi tizim xosil qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha qismlari ta'limning maqsadiga bog'liq va uni ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi. Shaxsni, mutaxassisni shakllantirish maqsadi ta'limning mazmuni (o’quv rejasi, o'quv dasturi, darsliklar)ni belgilaydi.
Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta'lim texnologiyasini o'z ichiga oladi. Ta'lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni-didaktik vazifa; didaktik jarayon, o'qituvchi va texnik vositalar, ta'lim-tarbiya shakllari usullari-ta'lim texnologiyasiga kiradi.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, u birinchidan, ta'lim tarbiya jarayonini oldindan loyihalash va so'ngra, sinfda, auditoriyada o'quvchilar bilan birga loyihani qayta ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu masalani didaktik vazifa, ta'lim texnologiyasi tushunchalarini qo'llash bilan hal etish mumkin. Ikkinchidan, ananaviy pedagogikada metodik ishlanmalar o'qituvchi dars o'tishi uchun tuzilsa, pedagogik texnologiya-o'quvchini o'quv-bilish faoliyatining shakllari va mazmunini tasvirlaydigan ta'lim jarayoni loyihasini ishlab chiqishni taklif etadi. Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muhim belgisi-maqsad hosil qilish jarayonidir. An'anaviy pedagogikada pedagogik maqsad masalasiga nazariyachilar ham, amaliyotchilar ham kam e'tibor beradi, maqsad-metodik adabiyotlarda ham noaniq ifodalanib, unga erishish darajasi ham subektiv baholanadi.
Pedagogik texnologiyada pedagogik maqsadni aniqlash asosiy muammo bo'lib, maqsadni diagnostik ifodalash, bilim o'zlashtirish sifatini ob'ektiv baholash nazarda tutiladi. Nihoyat to'rtinchidan, ta'lim-tarbiya jarayonlari tuzilishi va mazmuni jixatidan yaxlitligi-pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim printsipi hisoblanadi. Yaxlitlik printsipi, shuningdek, ta'limning har turi bo'yicha bo'lajak pedagogik tizimning loyihasini ishlab chiqayotganda pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semestr, o'quv yili davomida ham, shuningdek butun ta'lim davomida ham) o'zaro ta'sirda bo'lishiga erishish zarur.