Reja: Yaponiya iqtisodiy indikatorlari



Yüklə 64,88 Kb.
səhifə6/9
tarix24.12.2023
ölçüsü64,88 Kb.
#191269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAPONIYA

Adabiyoti
Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta 712 yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759 yil 4516 folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati antologiyasi — "Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratildi. 9-asrning oʻrtalarida birinchi adabiy nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratiddi. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan "Genjimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari Yaponiya mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratildi, badiiy kundaliklar keng tarqaldi, sheʼriyat antologiyalari tuzildi. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir.pardali dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan shahar adabiyoti paydo boʻldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toʻplamlari tuzildi. 17—19-asrning 60-yillarida adabiyotda demokratik gʻoyalar avj oldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qildi. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boshi) sheʼriyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning oʻrtalaridan yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina boshlandi. Shimey Ftabatey (1864—1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boshqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 20-asrning boshlaridan sheʼriyatda Yevropa sheʼriyatining taʼsiri va romantik gʻoyalar koʻzga tashlandi. Realist yozuvchilar asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy oʻrin oldi. E.Zolya ijodi taʼsirida naturalizm uchun kurash harakati boshlandi. 1930—40 yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi apologetik gʻoya hukmron boʻddi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bir qancha yapon yozuvchilari oʻz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida milliy adabiyotning koʻp asrlik anʼanalariga murojaat qildilar. Dzyunʼitiro Tanidzakining "Mayda qor" (1943—48), Yasunari Kavabataning "Mingta turna" (1951), "Eski poytaxt" (1961—62) romanlari shu toifadagi asarlar boʻlib, ularda kuchli ichki lirizm va goʻzallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 1967-yil Yukio Misimaning goʻyoki yapon madaniyatiga xos boʻlgan jangovarlik anʼanalarni tiklashga chorlovchi trilogiyasi ("Vatanparvar", "Xrizantema" va "Shahid boʻlgan qahramon ovozi") yaratildi. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari boʻlgan turli goyaviyestetik yoʻnalishdagi yozuvchilar oʻz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish manfaatlari yoʻlida militarizm va anʼanaviylikni inkor etdilar. Shu oqim vakillarining urush mavzuiga oid asarlari, jumladan, Shohey Ookaning "Daladagi olovlar" (1951), Hiroshi Nomaning "Boʻshliq mintaqasi" (1952), Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari yaratildi. Yosie Xottaning "Yolgʻizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Yasushi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" (1957) va "Samarqandga sayohat" (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yoʻlida amalga oshirilgan maʼnaviy muloqot va Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlariga bagʻishlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik gʻoyalarning oʻzaro harakat va kurashlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava Jumpey, Ishikava Takuzo, Kayko Takeshi, Oe Kenzaburo oʻz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni koʻtardilar. Yaponiya adabiyotida Hiroshima fojiasi mavzusi keng oʻrin oldi (Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uygʻunlashgan holda falsafiy masalalar bayon etildi. Yaponiyada xitoy madaniyati taʼsirida xitoy tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14— 15-asr va 17—19-asr boshlarida yuksalgan. Yaponiya adabiyotning yirik vakillari boʻlgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari Kavabata (1968-yil Nobel mukofochi sohibi), Kendzaburo Oe (1994-yil Nobel mukofochi sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur.

Yüklə 64,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin