Reja: Yaponiya iqtisodiy indikatorlari



Yüklə 64,88 Kb.
səhifə7/9
tarix24.12.2023
ölçüsü64,88 Kb.
#191269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAPONIYA

Meʼmorligi
Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryuji monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) shahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻparklar bunyod etish sanʼati, qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht devorlar bilan oʻraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi shakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Yaponiya shaharlari vayron boʻldi; 50-yillardan qurilish keng koʻlamda avj oldi. Milliy meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanashi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning Shinjuku rayonidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Sachio Otani). 18yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange Kenzo; Komazava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kenzo) qurildi. 1960-yillar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq.

Yüklə 64,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin