Reja: Yaponiya iqtisodiy indikatorlari



Yüklə 64,88 Kb.
səhifə5/9
tarix24.12.2023
ölçüsü64,88 Kb.
#191269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAPONIYA

Transporti
Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964-yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo orollarini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.
Tashqi savdosi
Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektrik asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgʻi, oziq-ovqat va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. 2003-yil Yaponiyaning importi 383,3 mlrd. AQSH dollarini, eksporti 417,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena.
Tibbiy xizmati
Aholi salomatligining koʻrsatkichlari boʻyicha Yaponiya jahonda yetakchi oʻrinda turadi. 2001-yil 1,85 mln. oʻrinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika boʻlgan (har 100 ming aholiga 1458 oʻrin). Yaponiyada 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach toʻgʻri keladi. Yaponiyada oʻz issiq suv manbalariga ega boʻlgan 3023 kurort bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003-yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003-yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003-yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim universitet, professional kollej va texnika institutlaridan iborat. 2004-yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka universiteti (1886-yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi ilmiy tadqiqotlarni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks institutlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79 akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio universiteti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871-yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reporter", 1874-yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879-yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872-yildan), "Nihon keyzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876-yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950-yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jurnal, byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923-yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955-yildan), "Kurashi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946-yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886-yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923-yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan shakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957-yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945-yildan) va Jiji Sushin (1945-yildan). Radioeshittirish 1925-yildan va telekoʻrsatuvlar 1953-yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925-yil tashkil etilgan. 222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996).

Yüklə 64,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin