Yoriqlarda joylashgan yoki karst suvlari. Granit, diorit, qumtosh, oxaktosh va shular singari mustaxkam tog’ jinslari yoriqlari orasida xarakat qiladigan suvlar yoriqlarda joylashgan suvlar deb ataladi. Yoriqlarning bir-biri bilan qo’shilishi va bog’lanishi sababli bulardagi suv, grun suvlaridan farqli o’laroq, xar tarafga oqishi, pastga oqishi yoki yuqoriga ko’tarilishi mumkin.
Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’ jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi.
YER OSTI SUVLARINING FIZIK XUSUSIYATLARI VA KIMYOVIY TARKIBI.
Yer osti suvlarining fizik xossalariga ularning tiniqligi, rangi, xidi, ta'mi va xarorati kiradi.
Tiniqligi. Tabiiy suvlar tiniq yoki loyqa bo’lib, loyqa suvlarda mineral mineral va organik birikma zarralari ko’p bo’ladi. Tiniq suvda xech qanday zarralar aralashmasi uchramaydi.
Rangi. Ichiladigan toza suv rangsiz bo’lib, daryo va dengizlarda och zangori tusda tovlanib turadi. Lekin yer osti suvlari ayrim xollarda temir, vodorod sulfid qo’shilishidan to’q zangori tusda, botqoqliklarda esa organik kislotalar ta'sirida sariq tusda bo’ladi.
Xidi. Yer osti suvlari asosan xiddsizdir. Vodorod sulfidli suvlardan palgda tuxum, organik kilotalilaridan esabotkok xidi keladi.
Ta'mi. Toza suv mazali, yoqimli bo’ladi. Tabiatda suvlar natriy xlorid miqdoriga qarab sho’r, magniy sulfat miqdoriga qarab esa achchiq bo’lishi mumkin.
Xarorati. Yer osti suvlarining xarorati suvli gorizontning yotish chuqurligiga, geografik joylashishiga qarab turlicha bo’ladi. Xaroratiga qarab suvlar quyidagilarga bo’linadi: juda sovuq Q5oS, sovuq Q6o S, iliq Q18oS, iliqroq Q25oS, issiq Q37oS, qaynoq Q40 oS. Suvning xarorati uning tarkibidagi tuz va gazlar miqdorining oz-ko’pligiga ta'sir etadi.
Dostları ilə paylaş: |