Reja: Yerning tortishish maydonida jisimlarning harakati



Yüklə 206,63 Kb.
səhifə10/13
tarix07.01.2024
ölçüsü206,63 Kb.
#209098
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
FIZIKA 6- Mustaqil ish

3. Sunʼiy yoʻldosh — biror osmon jismi atrofida orbita boʻylab harakatlanadigan kosmik apparat. Dunyoda birinchi marta SSSRda Yer sunʼiy yoʻdsoshi (YESI) (1957), Quyosh (1959), Oy (1966), Venera (1975) sunʼiy yoʻldoshlari, AQShda Mars sunʼiy yoʻldoshlari (1971) uchirilgan. YESYning minimal uchish balandligi 140-150 km, maksimal uchish balandligi bir necha yuz ming km. Orbita boʻylab aylanish davri 1,5 soatdan bir necha sutkagacha. Ekvator tekisligi yaqinidagi orbitada turuvchi YESY ekvatorial; Yer qutblari yaqinidan oʻtuvchi orbitadagi YESY kutbiy; aylanma ekvatorial orbitaga chiqarilgan, Yer sirtidan 35800 km ga uzoqlashtirilgan va Yer aylanishi yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib, Yer aylanish yoʻnalishiga mos keluvchi YESI (Yer sirtidagi biror nuqtasida qoʻzgʻalmasdek boʻlib tuyuladi) statsionar deb ataladi. YESY ning asosiy turi orbital kosmik kema hisoblanadi va orbital st-yadan taʼminlanadi.
Yer sunʼiy yoʻddoshlari (YESY) — Yer atrofidagi (geotsentrik) orbitaga ilmiy yoki amaliy (hayotiy) muammolarni hal qilish uchun chiqarilgan kosmik apparatlar (KA). Birinchi sunʼiy yoʻldosh sobiq Ittifoq hududidan 1957 y. 4 oktabrda uchirilgan. YESY ga oʻrnatilgan apparatlar yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarida uning zichligi, ionosferada radiosignallarning tarqalishi oʻrganildi. 1958 y. 1 fevralda AQSH "Eksplorer-1" sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. 1965 y. 26 oktabrda Fransiya, 1970 y. 11 fevralda Yaponiya, 1970 y. 24 aprelda XXR, 1980 y. 18 iyulda Hindiston birinchi YESY ni uchirishdi.
Vazifasiga koʻra, YESY ilmiy tadqiqot yoki amaliy xillarga boʻlinadi. I. t. YESY Yerni, boshqa osmon jismlarini, kosmik fazoni tadqiq etish yoki biologik eksperimentlar oʻtkazish uchun xizmat qiladi. Ularga geofizik, geodezik tadqiqot YESY va b. kiradi. Amaliy YESY ga esa aloqa, meteorologik YESY, Yer tabiiy resurslarini oʻrganishga moʻljallangan YESY, navigatsiya YESY, texnik vazifalarni bajarishga moʻljallangan va harbiy maqsadlar uchun uchirilgan YESY kiradi. Ayrim YESY ham ilmiy, ham amaliy masqadlarni koʻzlab uchiriladi.
Orbital kosmik kemalar (KK) va orbital st-yalar (OS) YESY ning alohida turiga kiradi. Milliy kosmik dasturlar boʻyicha uchirilgan YESY turkumi koʻpincha maxsus nomlar bilan ["Kosmos" (Rossiya), "Eksplorer" (AQSH), "Diadem" (Fransiya)] yuritiladi. Koʻpchilik YESY bort apparatlari Quyosh batareyalari (QB) orqali energiya bilan taʼminlanadi. YESY ning issikdik rejimi termorostlash tizimi orqali amalga oshiriladi. YESY dan Yerga ilmiy va b. axborotlar radiotelemetriya tizimi yordamida uzatiladi. YESY orbitaga eltuvchi raketalar (ER) yordamida chikariladi. YESY ni orbitaga eltuvchi bu yoʻl ER harakatining faol (aktiv) yoʻli deyilib, bir necha yuz km dan 2—3 ming km gacha boradi. ER dvigatellari faol yoʻl soʻnggida oldindan hisoblangan tezlikka erishgach, uchiriladi va bu nuqta YESYning orbitaga chiqish nuqtasi deyiladi. Bu nuktada ERning oxirgi bosqichi sunʼiy yoʻldoshdan ajraladi va yoʻldosh orbita boʻylab erkin harakatlana boshlaydi. YESY ning harakati Yerdagi maxsus kuzatish st-yalaridan amalga oshiriladi. Bu kuzatishlar YESY ning orbita elementlarini aniqlab, kelgusi kuzatishlar uchun uning efemeridalari hisoblanadi. I. t. yoʻldoshlariga sobiq Ittifoqning "Elektron", "Proton", "Kosmos", AQSH ning "Avangard", "Eksplorer", "OGO", "OSO", "OAO", Angliyaning "Ariyel", Fransiyaning "Diadem" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi. Amaliy sunʼiy yoʻldoshlar jumlasiga sobiq Ittifoqning "Ekran", "Kosmos", "Meteor", "Molniya", AQShning "Tiros", "Essa", "Nimbus", "Lendstat", "Sinkom", "Intelsat" va "AEM" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi.


Yüklə 206,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin