2. Aholi yashaydigan punktlarda 21-jadvalga asosan quyidagi hollarda o‘rnatiladi;
21-jadval
Yo‘l qatnov qismining chetidan qurilish chizig‘igacha bo‘lgan masofa, m
Aholi punktidagi ruxsat etilgan tezlik, km/soat
1 km dan kam
1 km dan ko‘p
5 dan kam
50
40
5 - 10
60
50
10 - 15
60
60
15 - 25
70*
60
25 - 35
80*
70*
Eslatma: * - ko‘rsatilgan tezliklar; havorang bilan ko‘rsatilgan 5.24 belgisini aholi yashash joylarida qo‘llanadi.
3. Piyodalar o‘tish joyida 22-jadvalda ko‘rsatilgan hollarda;
22-jadval
Piyodalarning harakat miqdori, odam/soat
Ruxsat etilgan tezlik, km/soat
50 dan kam
60
50 - 100
50
100 ko‘p
40
4. Kichik ko‘priklar oldida quyidagi sharoitlarda qo‘yiladi (23-jadval);
23-jadval
Ko‘prikdagi qatnov qismining
va yo‘l poyining eni
Ruxsat etilgan tezlik,
km/soat
Teng
70
1 metrga kichkina
50
Shuni eslatib o‘tish kerakki, avtomobil yo‘llarida «maksimal tezlik cheklanishi» minimal qiymati 40 km/soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
Buyuruvchi belgilar transport vositalarining biron-bir yo‘nalishda mavxum tartibda va rejimda o‘tishini belgilaydi. Ular yo‘nalish va rejim o‘zgarishi kerak bo‘lgan uchastkalar oldida o‘rnatiladi.
Harakatni tashkil qilish vaqtida ta’qiqlovchi yoki buyuruvchi belgi ishlatishga to‘g‘ri kelsa, har doim buyruq belgini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
5. Ho‘l qoplamali yo‘l uchastkalarida tishlashish koeffitsienti «» qiymatiga qarab quyidagi hollarda o‘rnatiladi (24-jadval);
24-jadval
«» qiymati
Ruxsat etilgan tezlik, km/soat
0,35 - 0,45
50
0,25 - 0,35
40
«Quvib o‘tish ta’qiqlangan» 3.20 belgisi harakat miqdoriga, uning tarkibiga, yo‘l sharoitiga, ko‘rish masofasiga va ob-havo sharoitiga qarab quyidagi hollarda qo‘yiladi (25-jadval);