Ogohlantiruvchi yo‘l belgilari haydovchiga yo‘lning oldingi uchastkalarida qanday xavfli joylar borligi haqida ko‘rsatma beradi.
Yo‘l belgilarini turlariga qarab ishlatilish joylari 12-jadvalda keltirilgan.
12-jadval
Belgilarning o‘lcham
turlari
Yo‘l belgisining foydalanish joyi
Aholi yashamaydigan punktlarda
Aholi yashaydigan
punktlarda
I-kichik
Bitta harakat polosali yo‘lda
Mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarda
II-normal
Ikkita va uchta harakat polosali yo‘llarda
Magistral
yo‘llarda
III-katta
To‘rtta va undan ko‘p polosali yo‘llarda va avtomagistrallarda
Tez yurar
yo‘llarda
IV-juda katta
Avtomagistrallardagi tuzatish ishlari olib borilayotgan joylarda va boshqa yo‘llarning xavfli bo‘laklarida ishlatilish samaradorligi asoslangan hollarda
Uchburchak shaklidagi (teng tomonli) yo‘l belgilarini o‘lcham turlariga qarab quyidagicha qabul qilinadi (13-jadval).
Aholi yashamaydigan joylarda ogohlantiruvchi belgilar (1.3.1-1.4.6; 1.31.1-1.31.3 belgilardan tashqari) xavfli uchastkagacha 150-300 m masofada, aholi yashaydigan uchastkalarda esa 50-100 m masofada o‘rnatishi kerak. Ammo mana shu ko‘rsatilgan oraliqda yo‘l belgisini o‘rnatilish masofasi ko‘p faktorlarga, shu jumladan, tezlikka bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yo‘l darajalarini hisobga olish zarur.
Ogohlantiruvchi to‘g‘ri to‘rtburchakli belgilarning o‘lchamlari 15-jadvalda keltirilgan.
15-jadval
Belgining shakli
Belgi guruhi
va tartib raqami
Belgi
turi
N, mm
V, mm
V
1.31.1, 1.31.2
II
III
500
700
2250
3150
1.31.3
II
III
500
700
3000
4200
Kvadrat formadagi belgilarning o‘lchamlari 16-jadvalda keltirilgan.
Quyida har xil yo‘l sharoitlarida ogohlantiruvchi belgilardan harakatni tashkil qilishda foydalanish haqida ba’zi bir ko‘rsatmalar beramiz.
«Teng ahamiyatli yo‘llar kesishmasi» 1.6 yo‘l belgisi aholi yashamaydigan joylarda chorrahadagi ko‘rish masofasi 150 m va aholi yashaydigan joylarda esa 50 m dan kam bo‘lgan holda o‘rnatilishi kerak.
«Aylanma harakat bilan kesishuv» 1.7 yo‘l belgisi aholi yashamaydigan joylarda har bir aylanma harakat tashkil qilingan va 4.3 belgisi o‘rnatilgan chorrahadan oldin, aholi yashaydigan joylarda chorrahani ko‘rish masofasi 50 m dan kam bo‘lgan xollarda, shuningdek, yoritilmaydigan chorrahalardan oldin o‘rnatilishi lozim.
«Svetoforli tartibga solish» 1.8 yo‘l belgisi aholi yashamaydigan joylarda svetofor bilan boshqariladigan har bir chorrahadan oldin, aholi yashaydigan joylarda svetoforning ko‘rish masofasi 100 m dan kam bo‘lsa, shuningdek, aholi punktidagi birinchi svetofor bilan boshqariladigan chorrahadan oldin o‘rnatilishi kerak.
«Xavfli burilish» 1.11.1 va 1.11.2 belgilari rejadagi egrilikdan oldin «Xavfsizlik koeffitsienti» 0,6 bo‘lsa, shuningdek, egrilik oldidagi qarshidan kelayotgan avtomobillarni ko‘rish masofasi 29-jadvalda ko‘rsatilgan qiymatdan kam bo‘lsa o‘rnatilishi zarur.
«Xavfli burilishlar» 1.12.1 va 1.12.2 belgilari ikkita va undan ortiq bir-biridan keyin keladigan rejadagi egriliklardan oldin (agarda ularning orasidagi masofa 300 m dan kam bo‘lsa) o‘rnatilishi kerak.
18-jadval
Tezlik, km/soat
30
40
50
60
80
100
120
Ko‘rsatilgan tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan eng kichik ko‘rish masofasi
80
100
120
150
200
280
350
«Tik nishablik» 1.13 va «Tik qiyalik» 1.14 belgilari 30-jadvaldagi nishablik uzunligidan katta bo‘lgan hollarda o‘rnatiladi.
19-jadval
Nishablik, %0
40
50
60
70
80
80 katta
Nishablik uzunligi, m
600
450
350
300
270
250
«Yo‘lning torayishi» 1.18.1-1.18.3 belgilari aholi yashamaydigan punktlarda yo‘lning qatnov qismi 0,5 m. danortiqcha qisqarsa, aholi yashaydigan punktlarda bitta yoki ikkita harakat polosasiga kamaysa, shu yo‘l bo‘laklaridan oldin o‘rnatiladi. Shuningdek, aholi yashamaydigan punktlarda bu belgilar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar, tonnellar va boshqa sun’iy inshootlar oldidan, agarda bu inshootlar chegarasidagi yo‘l qatnov qismining eni ulardan oldingi yo‘l qatnov qismiga teng yoki kichik bo‘lsa, aholi yashaydigan punktlarda esa bu ko‘rsatkich faqat kichik bo‘lsa o‘rnatiladi.
Aholi yashamaydigan punktlarda hamma «Piyodalar o‘tish joyi» 5.16.1, 5.16.2 belgilari o‘rnatilgan va (yoki) tartibga solinmagan piyodalarning o‘tish joyini belgilaydigan 1.14 yo‘l chizig‘i oldidan, aholi yashaydigan punktlarda o‘tish joylaridan oldin, agarda ulardagi ko‘rish masofasi 150 m kam bo‘lsa, «Piyodalar o‘tish joyi» 1.20 belgisi o‘rnatiladi.
«Piyodalar o‘tish joyi» 1.20 belgisi chorrahalar oldidagi o‘tish joylari oldida o‘rnatilmasligi mumkin.
Bolalar muassasasi (maktablar, bolalar bog‘chalari va shunga o‘xshashlar) hududidan yo‘lga chiqish mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lagi oldidan «Bolalar» 1.21 belgisi o‘rnatiladi.