MAVZU: Raqamli tarix fani, predmeti va o`rganish obyektining maqsad sifatida namoyon bo`lishi
REJA:
Zamonaviy davrda fan va texnologiya uyg`unligi
Fanning uslubiy,ilmiy-nazariy asoslari
Information inqilob
Xulosa.
1. Tarix jarayonlarini anglashda axborot texnologiyalarining o‘rnini tahlil etish, fanning asosiy yo‘nalishlariga oid innovatsion yondashuvlarni tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotining rivojlanish omillarini tahlil qilishda fanning o‘rnini tushuntirish, talabalarda tarix faniga oid electron manbalardan, internet imkoniyatlaridan foydalanish, tarixiy tadqiqoqtlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni o‘rgatishdan iborat.
Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar hozirgi kunning dolzarb masalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanish bosqichlari, yillar davomida to‘plangan ilg’or tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayonida qo‘llashni o‘rganish lozim. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tashkil etishda kerakli texnik vositalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish, ular qo‘llash texnologiyalarini o‘rganish, ma’ruza yoki seminar mashg’ulotlarini to‘gri rejalashtirish va tashkil etishni talab qiladi. Tarix fanini o‘qitishda internet va onlayn resurs markazlaridan samarali foydalana olish hamda ko‘rgazma slayd materiallarini tayyorlash ko‘nikmasini egallashlarida lozim. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat tarix ta’limi yo‘nalishi talabalari internet va onlayn resurs va AKT vositalaridan foydalanishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Shuning uchun 1-bosqich talabalari kursni puxta egallashlari uchun kerakli adabiyotlar aksariyati rus va boshqa tillarda ekanlgini inobatga olib, mazkur ko‘rsatmani tayyorlashga jazm qildik.
Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar fani “O‘zbekiston tarixi”, “Shaharlar tarixi”, “Madaniyatshunoslik”, “San’at tarixi”, “O‘rta Osiyo qadimgi shaharlari”, bundan tashqari “Axborot texnologiyalari”, “Tarixni o‘qish metodlari” kabi fanlar bilan o‘zaro bog’liqdir. Yuqorida nomlari tilgan olingan fanlar bo‘yicha bilimlar taqdim etiliyotgan fanni chuqurroq o‘zlashtirga yordam beradi.
O‘quv fanining talabalar tamonidan chuqurroq o‘zlashtirishlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalar (jumladan kompyuter imkoniyatlari orqali internet resurslari) katta ahamiyatga ega. Ular fanga oid faktologik materiallar bazasini kengaytirish, o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan boyitish, ma’lumotlarni talabalarga yanada tushunarliroq yetkazish, ma’ruza va seminar mashg’ulotlari uchun ahamiyatlidir. Pedagogik texnologiyalar, o‘z navbatida, talabalarning faolligini, mustaqil fikrlashga intilishlarini oshiradi, pedagogik va talabalar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. . Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar” fanini o`qitishning maqsad va vazifalari shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o`quvchi) larni faqat tayyor bilimlarni egalashga o`rgatib kelingandi. Bunday usul talaba (yoki o`quvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Endi o`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o`rniga darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o`zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o`qituvchilarga talab oshib bormoqda. Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalgam oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol (“Inter”- bu o`zaro, ”ast”- harakat qilmoq) - o`zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo`lishni anglatadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, o`qitishning interfaol uslubiyatlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo`lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo`ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Interfaol darslarda o`qituvchining o`rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo`naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularga:
-talabaning dars davomida befarq bo`lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- talabalarning o`quv jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
- talabalarning fanga bo`lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi ;
- pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayishi tabiiy. Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida Nega o`qitamiz? Nimani o`qitamiz? Qanday o`qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o`qitish mumkin? – degan savoliga ham javob qidirdilar. Bu esa, olim va amaliyotchilarni o`quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o`qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan 9 natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko`rish mumkin, degan fikrga olib keladi. Bunday fikrning tug`ilishi fanda yangi pedagogik texnologiya yo`nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir: Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o`quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, pedagogik texnologiya o`qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo`lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To`rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo`llashga asoslanganligi sababli, ularning qo`llanilishi DTS talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
O`quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to`g`ri joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko`proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o`quv-tarbiya jarayonida qo`llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda talabani kim o`qitayotganligi va o`qituvchi kimni o`qitayotganligiga bog`liq. Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim xayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsiyon jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirgan bilimlarini o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o`quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o`qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir.
Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o`rganayotgan ba’zi o`qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya-faqat axborot texnologiyasi bilan bog`liq hamda o`qitish jarayonida qo`llanishi zarur bo`lgan o`qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning 10 eng asosiy negizi o`qituvchi yoki talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog`liq. Har bir dars mavzu, o`quv predmetining o`ziga xos texnologiyasi bor.
O`quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma–ketlikdagi yaxlit jarayon bo`lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishishi o`qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo`ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, vosita, shaklga ya’ni texnologiyaga bog`liq. O`qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo`lib, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborat texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bular. Bularning hammasi o`qituvchi va talabalarga bog`liq.
2. . Tarix fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan texnologiyaning falsafiy asoslari. O‘quv yurti, ijtimoiy institut sifatida butun jamiyatning holatini aks ettiradi. U siyosatdan alohida, g`oyalarlardan alohida yashay olmaydi, hech qanday falsafani targ`ib qilmay yashay olmaydi.
Shunday qilib tarix fanini o‘qitish texnologiyasi ma'lum falsafiy poydevorga asoslanadi. Falsafiy konsepsiyalar tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini metodologik ta'minlash tarkibiga kiruvchi eng umumiy tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi.
Falsafiy asosi ta'limning yakuniy maqsadida ancha aniq ko`rinadi (misol uchun,tarixiy, e’tiqod, texnokratik, insonparvarlik pedagogik va shu kabi). Falsafiy nuqtai nazarlar ta'lim mazmunida, tarix fani mazmunida ancha aniq kuzatiladi. Ammo ko`pincha ularning g`oyaviylik yo`nalishlarida birlik bo`lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo`q. O`zbekiston Respublikasida zamonaviy ta'lim mazmuni ana shunday xususiyatlarlar bilan farq qiladi.
Ta'limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash qiyinroq. Bir xil metodlar g`oyalari bo`yicha umuman qarama-qarshi texnologiyalarda qo`llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o`yin).
Zamonaviy jamiyatshunoslik fanlarida u yoki bu darajada ta'lim jarayonida mavjud bo`lgan tarixiy-falsafiy yo`nalishlar, maktab, oqimlar ko`p turlari mavjud.
Umum tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalarida asosiy falsafiy muammolari
Tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalari konsepsiyalarida eng aniq ko`rinadigan bir necha bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko`rsatamiz: materializm va idealizm, dialektika va metafizika skeptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va antiinsonparvarlik, antroposofiya va teosofiya, pragmatizm va ekzistentsializm.
Dostları ilə paylaş: |