Materializm.Ta'lim ma'lumotlari milliy zahiralarida – O`zbekistonning – o`quv metodik adabiyotlarda eng avval dialektik-materializm falsafiy yo`nalishlar aks ettirilgan: maktab ta'lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet davrida bema'ni hisoblangan. An'anaviy ta'lim tizimi aynan ana shu falsafaga asoslangan. Shu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama rivojlanish (ma'naviy, g`oyaviy, intellektual, estetik, jismoniy) masalasini samarali hal etuvchi Dunyoqarash muammolariga bir qator muqobil yondashuvlar mavjud.
Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar istalgan qoidalari deb hisoblaydi.
Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistentsilizm kabi yo`nalishlar qo`shiladi.
Teosofiya diniy yo`nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to`g`ri shakllantiradi.
Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday bog`liqligi yo`q, u moddiy emas, ma'naviy qadriyatlarni o`rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat'iy mo`ljallangan maqsadni ko`zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi safollarga javob beradi. Pedotsentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin.
Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo`nalishi bo`lib, u o‘quvchining qiziqishlari va talablarini birinchi o`ringa qo`yishdan kelib chiqadi. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb biladi.
Ekzistentsializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o`zidan ima qilsa ana shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistentsializm vakillari ekzistentsiya ma'nosini, uning ma'naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va kayfiyatlardan (qo`rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, neaekzistentsialistlar esa ko`tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistentsiyani boyitib, ba'zi gumanistik g`oyalarni asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning ma'naviy tanlovi ongli va aniq bo`ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim sharti bo`lib ishtirok etadi.