Reja: Zamonaviy



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə14/20
tarix19.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#117911
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Reja Zamonaviy

Periferik qurilmalar



Matritsali printerlar
Printer – ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilmadir. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlarning bir necha turi mavjud bo`lib, ular bir – biri bilan ishlash printsipi, interfeysi va funktsional imkoniyatlari bilan farqlanadi. Ishlash printsipiga ko`ra quyidagilarga bo`lingan:

    • matritsali;

    • oqimli;

    • lazerli.

Yaqin kunlargacha, bu printerlar - eng keng tarqalgan printerlar turi hisoblanar edi. Uning asosiy ustunligi arzon va unversalligi hisoblanadi, ya’ni ixtiyoriy turdagi qog`ozga ma’lumotlarni chop qilish xususiyatiga ega.
Ishlash qoidasi. Bu printerlarning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo`ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo`yalgan lenta orqali qog`ozga uriladi va natijada qog`ozda nuqtalardan iborat bo`lgan belgi yoki tasvir paydo bo`ladi. Yozish boshchasidagi ignalar elektromagnit yordamida boshqariladi. Printer xotirasida har bir simvol, harflar va h.k.larning kodlari saqlanadi. Bu kodlar ma’lum bir simvolni yozishda qaysi ignalar va qaysi vaqtda ishga tushirilishini aniqlaydi. Ignalar soniga qarab bu printerlar bir – necha turga bo`linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 ignali.

  • 9 ignali printerlarda yozuv sifati pastroq. Sifatini oshirish uchun yozishni 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak.

  • 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. Yozish boshchasida ignalar ikki qatordan iborat bo`lib, har birida 12 ta igna joylashgan.

  • 48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi.

Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekundan 60 sekundgacha vaqt sarflaydi. Bu printerlar hujjatni bir nech nusxada ham chiqarish imkoniyatiga ega. Buning uchun varaqlar orasiga nusxalash uchun mo`ljallangan yupqa qog`oz qo`yiladi. Matritsali printerlar chop qilishda qog`oz tanlamaydi. Chop qilishda ixtiyoriy qog`oz turidan foydalanish mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin