Reja: Zamonaviy



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə4/20
tarix19.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#117911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Reja Zamonaviy

Sistema bloki



Sistema bloki – ShK asosini tashkil etuvchi qismi hisoblanib, unda kompyuterning asosiy qismlar joylashgan bo`ladi. Sistema bloki ichida joylashgan qurilmalar ichki qurilma, unga tashqi tomonidan ulanadigan qurilmalar tashqi qurilmalar deyiladi. Tashqi qo`shimcha qurilmalar ma’lumotni kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi.
Sistema bloki tashqi ko`rinishlari odatda yassi (desktop) yoki minora (town) ko`rinishlarda ishlab chiqariladi. Minora ko`rinishidagilari har xil o`lchamlarda bo`lishi mumkin: katta o`lchamli (BigTower), o`rta o`lchamli (MidiTower), kichik o`lchamli (MiniTower). Yassi ko`rinishdagilari esa ikki formatda bo`ladi: yupqa (Full-AT)
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilar: tezkor xotira (RAM – Random Access Memory), mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari (elektron sxemalar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki, kontrolerlar, adapterlar), yumshoq disk qurilmasi (FDD – Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD – Hart Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem, sistema platasi va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma – ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Sistema blokining umumiy ko`rinishi 2.1 – rasmda keltirilgan.


Sistema platasi

Sistema blokidagi asosiy elektron sxemalar sistema platasida joylashgan bo`ladi (mother board). Unda BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, kesh xotira, shinalar, taktik generator joylashgan. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar ishini boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI/ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.


Kompyuterda kiritish – chiqarish portlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, «sichqonch», klaviatura va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish – chiqarish portlari parallel va ketma – ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT 1 – LPT 4 va COM 1 – COM 3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks – modem, “sichqoncha” va boshqa qurilmalar ulanadi.
Shunday qilib sistema platasi ShK ning asosiy platasi bo`lib, unda quyidagilar joylashgan:

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin