Tashqi xotira va tashqi xotira qurilmalari Tashqi xotira – shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilqan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni o`zda jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi – bu axborotni o`zida saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar ikki xil bo`ladi: lentali va diskli. Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli, magnitooptik va optik bo`ladi.
Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo`linadi: qattiq disklar, egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar.
Qattiqdisk(HDD – Hard Disk Driver)
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan dasturlar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p hollarda qattiq disklar vinchester nomi bilan yuritiladi. Vinchester tashqi ko`rinishidan silliq germetik yopiq qutiga o`xshash bo`lib, uning chida umumiy o`qqa ega bo`lgan aylana shaklidagi bir nechta qattiq alyumin yoki shishali plastinkalar joylashgan. Uning ichidagi disklar soni o`ntagacha bo`lishi mumkin. Ularning yuroqi qismi aylana shaklida ajratilgan bo`lib, ular yo`laklar (track) deb ataladi. Har bir yo`lak o`z
raqamiga ega. Bir xil raqamli yo`laklar disklarda ustma – ust joylashgan holda tsilindr shaklini hosil qiladi. Diksdagi yo`lakalr sektorlarga ajratilgan. Sector 571 bayt joy egallaydi. Sektorlar va yo`laklar diskni formatlash vaqtida hosil bo`ladi. Foydalanuvchi formatlashni maxsus dasturlar orqali amalga oshiradi. Formatlanmagan diskga hech qanday axborot yozib bo`lmaydi. Qattiq diskni bir necha logik disklarga bo`lish mumkin. Bu kompyuterda ishlashda foydalanuvchining ishini engillashtiradi.