Ishlash rejimini o‘zgartiradigan mexanizmlar.
Aslida, kiradigan ma’lumotlar paketlarini jo‘natish uchun svitchlar ikkitadan bita rejimida ishlashi mumkin.
Gut-through
Gut-through yordamida svitch g‘abul qiluvchi adresi bilan paket sarlavhasini olishi bilanoq ma’lumotlar paketlarini uzatadi. Bu yerda ma’lumotlarni olish va ularni keyinchalik yuborish o‘rtasida biroz to‘xtab qolishi sodir bo‘ladi. Boshqa tomondan qaraganda, ma’lumotlarning paketlarining oxirgi qismida xatolar bilinmasdan qolishi mumkin va ma’lumotlar paketi qabul qiluvchiga halaqit beruvchilar bilan yetib keladi. TSR yoki IPX o‘xshash ishonchli protokollardan foydalanganda, bu yaroqsiz paketning retransmissiyaga olib keladi, ammo UDP yoki Net BIOS o‘xshash protokollardan foydalanganda – ulanish barbod bo‘ladi.
Store – and – forward
Bunday muammolarni yo‘qotish bilan protsedura Store – and – forward shug‘ullanadi. Bu yerda svitch barcha ma’lumotlar paketini olish uchun kutib turadi.
Keyin har xil filtrlar yordamida bufer paketi tekshiriladi. Filtrlangandan keyin svitch port-adresatlarga paketni yuboradi. Ma’lumotlar paketini o‘lchamlariga qarab uzatish bir necha millisekundlarga cho‘ziladi.
Svitch va xab o‘rtasidagi prinsipial farqi ularning ishlashida. Xabdan foydalanilganda bunga ulangan hamma ishchi stansiyalari polosa enini o‘zaro bo‘lishib olishadi, svitchdan foydalanganda esa har bir port qараmоg‘ida polosa enini hammasi joylashgan. Bunday ustunlik, Peer-to-Perr tarmoqlardan foydalanilganda ayniqsa sezilarli. Bu yerda tarmoqdаgi barcha harakat serverga yo‘naltirilmagan, aynan ishchi stansiyalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Yana, agar kompyuter to‘g‘ri svitchga ulangan bo‘lsa, u bu ulanishni parallel ravishda ham jo‘natish uchun, va ham axborotni qabul qilish uchun ishlatish mumkin. Bunday ikki tomonlama ishlatish bo‘lajak polosa enini to 20 gacha, ya’ni 200 Mbit/s gacha ko‘paytiradi. Xablar esa to‘liq dupleks rejimiga ega bo‘lmaydi, chunki Collision Domain ifodalash bo‘yicha ma’lumotlarni fаqаt bita stansiya bir vaqtda jo‘natishi mumkin.
Аmаliyotdа esa Full Duplexing rejimi ma’lumotlar o‘tkazish qobiliyatini ikki marotaba oshirmaydi, xatto ba’zi bir ishlab chiqaruvchilar Shunday sifatiga majburlasalar ham.
Full Duplexing rejimidan foydalanilganda ma’lumotlarni uzatish baribir fаqаt bir yo‘nalishda bo‘ladi. Teskari yo‘nalishda kichik tasdiqlovchi paketlar harakat qiladi.
Kuchaytirgich qaytaruvchilar (Repeater) (25-rasm) shinа shaklli Ezernetga (koaksal kabel qo‘llanganda) asosan ishlatiladi. Qabul qilinadigan signallarni ular kuchaytiradi va keyinga uzatadi.
Shunday qilib, koaksial Ezernetni bir nechta segmentlarga bo‘lish mumkin va kabelni maksimum uzunligini 185 m gacha olib borish mumkin. Bir tarmoqni maksimum uchta shunday segmentlarga bo‘lish mumkin. Lekin bu segmentlar kompyuter oldida tarmoq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, garchi haqiqatga repitorni bir tomonidan ikkinchisiga elektr impulslarni ko‘payishigina sodir bo‘ladi. Ko‘p darajali 031 modelida repitor daraja 1 da joy olgan.
25-rasm.
Dostları ilə paylaş: |