Uchinchi yondashuv “korxonaga sodiklik"ka asoslangan. Bu holda Rejalashtirishni korxona (firma) faoliyatiga jalb etish shu darajaga etadiki, xodimlarda korxonaga o’z mulkidek munosabatda bo’lish shakllanadi. Mazkur yondashuvda xodim va ish beruvchi bilan iqtisodiy munosabatlar Rejalashtirish va korxona o’rtasidagi shartnomada mustahkamlangan bo’ladi. Ushbu shartnomada ish haqi, boshqa iqtisodiy masalalar mas’uliyati, hokimiyatni sui iste’mol qilish cheklovlari belgilab qo’yiladi. “Korxonaga sadoqat" psixologik omillar — Rejalashtirishning sidqidilligi, topshiriqlarning aniqligi va ularning ijroga bog’liqligi, shaxsiy qadriyatlar va firma qadriyatlari, shaxsiy va guruhiy munosabatlarni qamrab oladi.
Rejalashtirishni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
Egiluvchanlik— ishlab chiqarishda va Rejalashtirish tarkibida ro’y berayotgan o’zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish imkoniyati.
Markazlashtirish — korxona bo’linmalari va xizmatlaridagi xodimlar funktsiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funktsiyalarini kuyi bo’g’inlar ixtiyoriga berish.
Boshqaruv me’yorlari— har bir bo’g’in rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar miqdorining oqilona bo’lishi. Amaliyotda korxona yuqori bo’g’ini rahbarlariga bo’ysunuvchi xodimlar 4 — 8 kishini, o’rta bo’g’inda (funktsiyali rahbarlar) — 8 — 20 kishini, quyi bo’g’inda (katta ustalar, usta-brigada boshliqlari) — 20 — 40 kishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Huquq va majburiyatlar mushtarakligi— bu korxona bo’linmalari va Rejalashtirishning huquq va majburiyatlari mushtarak bo’li-shini taqozo etadi.
Vakolatlarning chegaralanishi — bu tamoyilga ko’ra, liniya rahbarlari mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashga oid qarorlar qabul qilinishini, funktsiyali rahbarlar mazkur qarorlarni tayyorlashlari va ular ijrosini ta’minlashlari kerak.
Tejamkorlik— boshqaruv tashkiliy tuzilmasi uchun sarf-xarajatlar oqilona bo’lishini anglatadi.Korxonalarda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan, ya’ni:
boshqaruv bo’g’inlari miqdori;
Rejalashtirish miqdori;
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi turiga bog’liq bo’ladi. Shu bilan birga, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi:
yuqori bo’g’in — korxona boshqaruvi markaziy apparati;
• quyi bo’g’in — tarkibiy bo’linmalar (ishlab chiqarishlar, sexlar,
uchastkalar va boshqalar) boshqaruv apparatidan tashkil topadi. Boshqaruvning chiziqli (3.1- rasm) va funktsiyali (3.2- rasm) tashkiliy tuzilmalari quyidagicha farqlanadi.
Amaliyotda boshqaruvning chiziqli-funktsiyali (rasm) hamda matritsali (rasm) tashkiliy tuzilmalari ham mavjuddir.