Rejalashtirishning asosiy bosqichlai va turlari


Yuqori bo’g’in rahbariyatining bosh vazifasi



Yüklə 103 Kb.
səhifə8/10
tarix10.06.2023
ölçüsü103 Kb.
#128135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rejalashtirishning asosiy bosqichlai va turlari.

Yuqori bo’g’in rahbariyatining bosh vazifasi boshqaruv jarayoniga umumiy rahbarlik — turli funktsiyalarni muvofiqlashtirish, tegishli bo’linma va xizmatlar rahbarlarini tanlash, boshqaruv tizimi ishini tashkil etishdan iboratdir.
O’rta va quyi bo’g’in rahbarlari belgilangan ish turlarining tashkilotchilari vazifasini bajaradilar. Ular xizmat vazifasiga ish rejasini ishlab chiqish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rejalashtirishni birlashtirish, ish jarayoniga rahbarlik qilish, korxona alohida bo’linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ish jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi.
Inson resurslaridan korxona va xodim manfaatlarini muvofiqlashtirgan holda foydalanishni ta’minlaydigan shaxsni rivojlantirish ustuvorligini e’tirof etish Rejalashtirishni boshqarishning eng asosiy tamoyilidir. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda korxonaga ishchi kuchi iste’molchisi sifatidagi qarash nuqtai nazari o’zgaradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda ob’ektiv ravishda ichki mehnat bozori tashkil topadi. Barcha yollanma ishchilar va ma’muriyat vakillari — ish beruvchilar ushbu ichki mehnat bozori sub’ektlari hisoblanadilar. Bunda yollanma ishchi va mulk egasi, rahbar va ijrochi o’rtasida teng huquqlilik ta’minlanadi.
Rejalashtirishni boshqarishda iqtisodiy va tashkiliy nazariyalarga asoslangan o’zaro bog’liq uch xil yondashuvni kuzatish mumkin.
Rejalashtirishni boshqarishning bu modellari quyidagi jadvalda aks etgan.



Rejalashtirishni boshqarishga “inson kapitali” usulida yondashish ishchi kuchini tashqaridan yollamasdan korxonaning o’z mehnat salohiyatini rivojlantirishga asoslangan. Ushbu yondashuv „yaratish yoki sotib olish” falsafasining bir ko’rinishidir: ayrim kompaniyalar o’z mahsulotlarini butlovchi qismlarini ishlab chiqarishdan ko’ra sotib olish foydaliroq deb hisoblaydilar, boshqalari malakali Rejalashtirishni o’zlari tayyorlash va rivojlantirishga pul sarflashdan ko’ra, tayyor xodimni chetdan yollashni afzal biladilar.
“Inson kapitali” yondashuvida Rejalashtirishni o’qitish mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlashi kerak. SHu bilan birga, o’qitilgan Rejalashtirish korxona (firma) tashqarisidan ish izlashi imkoniyati to’la-to’kis bartaraf etilishi darkor. Ushbu masalada boshqaruv strategiyasi agar Rejalashtirish mazkur firma tomonidan O’qitilgan bo’lsa, uning mansab vazifasida o’sishi bevosita shu firma bilan bog’liq bo’lishini ko’zda tutadi. Mazkur strategiyaning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Yuqori raqobatli tashqi mehnat bozori sharoitlarida firma uchun Rejalashtirishga qo’shimcha malaka Uchun yuqori ish haqini belgilash (xodimni qo’ldan chiqarib yubormaslik uchun) foydaliroqdir. Ushbu holda firma Rejalashtirish o’z malakasini oshirishini moddiy jihatdan rag’batlantirib boradi.
Shunday qilib, Rejalashtirish uchun yuqori malaka — firmadagi kadrlar qo’nimsizligini kamaytirishni anglatadi. Rejalashtirishni boshqarishdagi ikkinchi “mehnat bozori” yondashuvi ish beruvchini tashqi mehnat bozorida eng maqbul kasbga ega ishchi kuchini qidirishga rag’batlantiruvchi omillar bilan bog’liqdir. Bu holda tashqi bozordan ishchi kuchini jalb etish muayyan cheklashlarga ega ekanligini hisobga olish lozim. Jumladan, kadrlarni tanlash uchun sarf-xarajatlar talab etiladi. Bozor kon’yunkturasi mazkur firma uchun talab etilayotgan malakali ishchi kuchiga taklifni kamaytirishi mumkin, ushbu sharoitlarda tashqi mehnat bozoridan foydalanish Rejalashtirishni yollash bilan bog’liq xarajatlarni ko’paytirib yuboradi.
Natijada, korxona (firma) uchun ishchi kuchini o’zi rivojlantirishi manfaatliroqbo’ladi. Malakali va tajribali Rejalashtirishni ishda saqlab qolishga e’tibor kuchayadi.

Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin