Rejaviy tuzilma. Jamoat markazlari. Turar-joy qurilishi


Birlamchi turar-joy birligi markazi (mahalla)



Yüklə 171 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2022
ölçüsü171 Kb.
#75612
1   2   3   4   5
1-amaliy dars

Birlamchi turar-joy birligi markazi (mahalla),
1-3

Yirik

+*

+

+

+

+

Katta

+*




+

+

+

O‘rta

+**







+

+

Kichik

+**










+

Shahar posyolkalari

+










+

Shahar aholi punkti ichida turli darajadagi mar-kazlarning xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisobiy radiuslari

Piyoda-trans-portda etib olish, 45 daqi-qagacha

Piyoda-transportda etib olish, 45 daqiqagacha

800-1500 m, piyoda etib olish - 15-20 daqiqa

500 m gacha, piyoda etib olish - 5-10 daqiqa



150-300 m, piyoda etib olish - 1,5-5 daqiqa

Qurilishning 1-navbati uchun jamoat markazlari uchastkalarining taxminiy solishtirma maydonlarini quyidagicha qabul qilish mumkin:


umumshahar markazlari uchun – kishi boshiga 5-7 m2;
turar-joy tumanlari (umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘kalamlashtirilgan maydonlar va ko‘cha tarmog‘isiz) uchun - kishi boshiga – 3-4 m2.
Ijtimoiy-amaliy ob’ektlar qurilishi uchun mo‘ljallangan funksional zonalarda sog‘liqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, ijtimoiy va kommunal-maishiy soha hamda tadbirkorlik faoliyatiga oid ob’ektlar; oliy va o‘rta kasbiy ta’lim, ma’muriy ob’ektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ibodatxona binolari, avtomobil transporti to‘xtash joylari, amaliy, moliyaviy muassasalar va fuqarolarning hayotiy faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ob’ektlarni joylashtirish ko‘zda tutiladi.
Ijtimoiy-amaliy binolar mavjud zonalarda fuqarolarning vaqtincha yashashi uchun muljallangan mehmonxonalar va boshqa shunga o‘xshash ob’ektlar; ushbu zonalar hududida joylashgan o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan shaxslar istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan yotoq-xonalar, shuningdek er osti yoki ko‘p qavatli garajlar, umumiy ovqatlanish, savdo ob’ektlarini joylash-tirishga ruxsat etiladi.
Ko‘p funksiyali ijtimoiy-amaliy binolari mavjud zonalarda ushbu funksiyalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaydigan hajmda ko‘p xonadonli turar-joy imoratlarini joylashtirishga ham ruxsat etiladi.
Ijtimoiy-amaliy binolari mavjud zonalarni shaharlarning markaziy qismlarida amaliy, moliyaviy va ijtimoiy faollik markazlari sifatida magistral ko‘chalarga, jamoat-transport tugunlariga, sanoat korxonalari va boshqa ommaviy qatnaluvchi ob’ektlarga tutashgan hududlarda shakllantirish lozim.
SHaharlarning ijtimoiy-amaliy zonalari, joylashayotgan ob’ektlar tar-kibi va binolarning turlari bo‘yicha ko‘p funksiyali (umumshahar va tuman) va maxsus jamoat binolari jamlangan zonalarga ajratilishi mumkin.
2. Ko‘p funksiyali (umumshahar va tuman) zonalar minimal o‘lchamli er uchastkalarida joylashgan keng tarkibli funksiyalarga ega ijtimoiy markazlar shakllanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda, asosan, savdo va umumiy ovqatlanish korxonlari, boshqaruv, biznes, fan, madaniyat va boshqa shahar hamda tuman ahamiyatiga molik ob’ektlar, xizmat ko‘rsatish sohasining zarur muassasalari bo‘lgan turar-joy binolari, shuningdek katta er uchastkalari talab qilmaydigan (odatda, 1,0 ga dan katta bo‘lmagan) va sanitariya-himoya zonasining kengligi 25 m dan ortiq bo‘lmagan korxonalar va boshqa ob’ektlar joylashtiriladi.
3. Umumshahar ahamiyatiga ega ko‘p funksiyali zonalar tarkibida umumshahar markazi yadrosi, tarixiy qurilmalar zonasi, shu jumladan, uning alohida shakllangan qurilmalarining morfoturlarini ajratish mumkin.
Tarixiy shaharlarda umumshahar markazi yadrosini shakllangan tarixiy muhit yaxlitligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda, tarixiy qurilmalar zonasi chegarasida to‘liq yoki qisman shakllantirishga ruxsat etiladi. Bunda muhitning kompleks funksionalligini ta’minlash maqsadida, tarixiy jamoat imoratlari bilan bir qatorda, turar-joy binolarini ham saqlash, tiklash va rivojlantirish lozim.
Tarixiy zonadagi turar-joy binolarining turlari va qavatliligi tarixiy shahar rivojlanishining funksional va me’moriy-makoniy xususiyatlarini, uning tarixiy-madaniy an’analarini aniqlash va mavjud binolarning rekonstruksiyasiga, shu jumladan, er usti va er osti sathlarini foydalanish buyicha reglamentlarga qo‘yilgan talablar va tavsiyalarni belgilab beruvchi tarixiy-shaharsozlik tadqiqotlarga asoslangan holda ishlab chiqilgan loyihada belgilanadi.
4. Maxsus ijtimoiy soha ob’ektlari zonasi shahar chegarasi hamda uning tashqarisida joylashgan ma’muriy, tibbiy, ilmiy, o‘quv, savdo (shu jumladan yarmarka va buyum bozorlari), ko‘rgazmalar, sport va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan shahar ahamiyatiga ega ixtisoslashgan markazlar sifatida shakllantiriladi.
Ko‘rsatilgan zonalarni joylashtirishda ularning faoliyat ko‘rsatishi xususiyatlari, maydonga bo‘lgan ehtiyojlari, katta sig‘imga ega avtoto‘xtash joylarini tashkil etish zaruriyati, rivojlangan transport va muhandislik infratuzilmasini yaratilishi, shuningdek atrof muhitga va yondosh bino, inshootlarga ta’sir darajasi hisobga olinishi kerak.
5. Ko‘p funksiyali qurama zonalar shaharlarning shakllangan qismlarida, odatda, tarkibida ijtimoiy-amaliy va ishlab chiqarish bino va inshootlarining ulushi ko‘p bo‘lgan dahalardan tashkil topadi.
Bu zonalar tarkibida ishlab chiqarish jarayonida yong‘in chiqishdan xavfsiz va portlash xavfi bo‘lmagan; shovqin, tebranish, elektromagnitli va ionlovchi nurlanishni, atmosfera havosini, er usti va er osti suvlari ifloslanishini vujudga keltirmaydigan; turar-joy va jamoat binolari uchun belgilangan me’yorlardan oshmaydigan, kengligi 50 m dan ortiq bo‘lgan sanitariya-himoya zonalarini talab qilmaydigan; temir yo‘lning kirish yo‘llari, shuningdek yuk avtomobillarining katta oqimini (bir kecha-kunduzda bir yo‘nalishga 50 dan ortiq bo‘lmagan) talab qilmaydigan turar-joy va jamoat binolari, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, o‘quv yurtlari, biznes ob’ektlari, sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini (odatda, uchastka maydoni 5 ga dan katta bo‘lmagan) joylashtirishga ruxsat etiladi.
Aralash zonalarda shakllanib ulgurgan turar-joy va ishlab chiqarish bino va inshootlarini rekonstruksiya qilishda korxonalarning atrof-muhitga zararli ta’sirini bartaraf qilish (texnologiyalarni o‘zgartirishni orqali zararsiz jarayonlarga o‘tish, quvvatlarni kamaytirish, korxona yoki alohidagi ishlab chiqarish ixtisosini o‘zgartirish yoki uni aralash zona chegarasidan sanoat zonasiga o‘tkazish) nazarda tutilishi lozim.
Aralash xususiyatga ega turar-joy ishlab chiqarish zonalari uchun shaharlarda maydoni - 10 ga, qishloq aholi punktlari uchun - 3 ga dan kam bo‘lmagan hududlar ajratilishi mumkin.
Hovlili turar-joy binolariga ega bo‘lgan kichik shaharlar va posyolkalar hududlarida, shuningdek qishloq aholi punktlaridagi turar-joy zonalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar, shuningdek boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etishga ruxsat etiladi.
Qishloq aholi punktlarida, sanitariya-epidemiologik nazorat organlari bilan kelishgan holda, aralash zonalar tarkibida kengligi 50 m dan ortiq bo‘lgan sanitariya-himoya zonasi tashkil etilishi talab qilinmaydigan kichik korxonalar, minifermalar va boshqa qishloq xo‘jalik ob’ektlarini joylash-tirishga yo‘l qo‘yiladi.
Turar-joy binolari joylashgan funksional zonalarda turar-joy binolarining har xil turlari (ko‘p qavatli ko‘p xonadonli, o‘rta va kam qavatli binolar, alohida turuvchi va yoki birlashtirilgan shaxsiy turar-joy uylari ham qo‘shib hisoblanadi); qo‘shib qurilgan yonida qurilgan aholiga ijtimoiy-madaniy va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari; fuqarolarga tegishli engil avtomashinalar uchun garajlar va avtoto‘xtash joylari; ibodatxona ob’ektlari joylashtiriladi.
Tuy tantanalari, marosimlar va boshqa madaniy-maishiy tadbirlarni (aholiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi – shovqin, tebranish va h.k.) o‘tkazish uchun mo‘ljallangan yangi yopiq binolar hamda ayvonlarni joylashtirishga, shuningdek mavjudlarini qayta qurib, o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uchastka maydoni, odatda 0,5 ga dan ortiq bo‘lmagan, ushbu ob’ektlar o‘rnatilgan uchastka chegaralaridan tashqaridagi atrof-muhitga zararli (shovqin, tebranish, magnit maydoni, radiatsiya ta’siri, er, havo, suv ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlarni qo‘shib hisoblaganda) ta’sir ko‘rsatmaydigan, ijtimoiy-amaliy va maishiy ahamiyatga ega alohida turuvchi ob’ektlar, shuningdek kichik ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishga yo‘l quyiladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi manbai hisoblanmaydigan ob’ektlar uchun sanitariya-himoya zonalarningo‘lchami 25 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Aholi istiqomat qiluvchi zona chegarasida joylashgan dala-hovli hudud-lari ham turar-joy zonalarining tarkibiga kiritiladi. Bu zonalarga aloqador ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmalarning rivojlanishi kelgusida doimiy istiqomat qiluvchilarni ta’minlovchi hajmlarda nazarda tutilishi lozim.



Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin