Jamoat markazlari O‘ta yirik, yirik va katta shaharlar jamoat markazlari tizimi tarkibiga umumshahar markazi, rejalashtirish tumanlari-ning markazlari, turar-joy tumanlarining markazlari, mahalliy markazlar (jumladan mavze, mahalla markazlari), birlamchi xizmat ko‘rsatish markazlari, dam olish zonalarining markazlari, savdo-transport markazlari, shuningdek ixtisoslashgan markazlar (o‘quv, tibbiy, sport markazlari va boshqalar) kiradi.
Yirik va katta shaharlarda barpo etiladigan ma’muriy tumanlar markazlari rejalashtirish yoki turar-joy tumanlarining markazlari bilan qo‘shilishi lozim.
Tarixiy shaharlarda umumshahar markazi oldindan paydo bo‘lgan tarixiy muhit yaxlitligini ta’minlash sharti bilan shakllantirilishi kerak.
Bo‘laklangan turar-joy hududlari tuzilmasiga ega bo‘lgan yirik va katta shaharlarda umumshahar markazlariga shahar ahamiyatidagi kichik markazlar qo‘shilishi kerak. O‘rta va kichik shaharlarda, odatda, yagona umumshahar markazi shakllanib, unga turar-joy hududlarining mahalliy markazlari qo‘shiladi (mavze yoki mahalla markazlari).
Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari tizimini shakllantirishda turli darajadagi markazlarning o‘zaro ta’sirini va 1-jadvalga muvofiq hisobiy xizmat ko‘rsatish doirasidagi aholi sonini hisobga olish lozim.
1-jadval
Shahar aholi punktlarining turlari
Jamoat markazi va u xizmat ko‘rsatuvchi aholi soni, ming kishi